Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet14/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Nizom – muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari – o‘z oldida Internet tarmog‘ida ommaviy axborot vositasi (OAV) funksiyalarini bajarish vazifasini qo‘yuvchi nodavlat tusdagi ro‘yxatga olingan veb-saytlari.
Ommaviy axborot vositalari – keng ko‘lamda axborotni yig‘ish, ishlash va tarqatishni ta’minlovchi ijtimoiy institutlar va kanallar (matbuot, kitob nashriyotlari, matbuot agentliklari, radio, televidenie va h.k.).Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 - y., 3-son, 20-modda)

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling