Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Ishning maqsadi: dondan olinadigan yormalar bilan tanishish. talabalarni 
yorma sifatini aniqlashni, bir turli yorma to`plamidan olingan o`rtacha 
namunalarni tahlil qilishni o`rgatish.
Vazifa. Yorma namunasini ajratish va yormaning turi, raqami yoki naviga 
qarab organoleptik ko`rsatkichlarini aniqlash.
Asbob uskunalar: oyna, qoshiqcha, yupqa yog`och taxtachalar, 
hokandozcha, pintsetlar, bo`lgich, analitik va texnik tarozilar, chinni idishchalar, 
elaklar to`plami, 5-10 kattalikda ko`rsatuvchi lupa, stol yoki silliq satxli enlik 
taxta, shpatellar, yormalar namunasi, yormalar standarti. 


47 
Ishlash tartibi: namuna og`irligi 1,5 kg. Qismlarni tanlashda va o`rtacha 
namunani ajratishda DAST ga rioya qilish zarur. 
Yorma sifat ko`rsatkichlarini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
avval rang, hid, ta`mi va g`archillashi, so`ng namlik, ombor zararkunandalari 
bilan zararlanishi, temir aralashmalar miqdori, yuqori sifatli mag`iz miqdori, 
kulliligi aniqlanadi. 
Organoleptik baholash. Yormaning rangi, hidi, ta`mi va g`archillashini 
aniqlash uchun quyidagi usullar qo`llaniladi. Hidni kuchaytirish uchun yorma 
chinni kosachaga joylanib, ustidan oyna bilan yopiladi va qaynashgacha isitilgan 
suv hammomiga qo`yiladi, Oradan 5 daqiqa o`tgach uning hidi aniqlanadi. 
Yormani g`archillashi yanchilgan, kam miqdordagi (har biri 1 g atrofida) 1-2 
portsiyalarini chaynash yo`li bilan aniqlanadi. Gumonli hollarda hid, ta`m va 
g`archillash yormadan tayorlangan bo`tqadan aniqlanadi. 
Laboratoriya tahlili. Namlik yanchilgan yorma namunasida, uni 130
0
haroratida 40 daqiqa davomida quritib aniqlanadi. Yorma namunachasini 30 g 
atrofidagi og`irlikda laboratoriya tegirmonida yanchiladi. Yanchish yirikligi 
quyidagi shartlarga javob berishi kerak: yuzasi tozalangan no`xat uchun 0,8 mm 
uyachalik sim elakdan o`tishi kamida 50%, suli yormasi uchun kamida 60%, 
boshqa yormalar uchun kamida 75% bo`lishi kerak. 
Ikki aniqlashda o`rtacha namlik topiladi. Parallel tahlillar o`rtasidagi farq 
0,2% dan oshmasligi kerak. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling