47
Ishlash tartibi: namuna og`irligi 1,5 kg. Qismlarni tanlashda va o`rtacha
namunani ajratishda DAST ga rioya qilish zarur.
Yorma sifat ko`rsatkichlarini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
avval rang, hid, ta`mi va g`archillashi, so`ng namlik, ombor zararkunandalari
bilan
zararlanishi, temir aralashmalar miqdori, yuqori sifatli mag`iz miqdori,
kulliligi aniqlanadi.
Organoleptik baholash. Yormaning rangi, hidi, ta`mi va g`archillashini
aniqlash uchun quyidagi usullar qo`llaniladi. Hidni
kuchaytirish uchun yorma
chinni kosachaga joylanib, ustidan oyna bilan yopiladi va qaynashgacha isitilgan
suv hammomiga qo`yiladi, Oradan 5 daqiqa o`tgach uning hidi aniqlanadi.
Yormani g`archillashi yanchilgan, kam miqdordagi (har biri 1 g atrofida) 1-2
portsiyalarini chaynash yo`li bilan aniqlanadi.
Gumonli hollarda hid, ta`m va
g`archillash yormadan tayorlangan bo`tqadan aniqlanadi.
Laboratoriya tahlili. Namlik yanchilgan yorma namunasida, uni 130
0
haroratida 40 daqiqa davomida quritib aniqlanadi. Yorma namunachasini 30 g
atrofidagi og`irlikda laboratoriya tegirmonida yanchiladi.
Yanchish yirikligi
quyidagi shartlarga javob berishi kerak: yuzasi tozalangan no`xat uchun 0,8 mm
uyachalik sim elakdan o`tishi kamida 50%, suli yormasi uchun kamida 60%,
boshqa yormalar uchun kamida 75% bo`lishi kerak.
Ikki aniqlashda o`rtacha namlik topiladi. Parallel tahlillar o`rtasidagi farq
0,2% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: