Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Ishning maqsadi: talabalarga don to`plamida begona va asosiy donga 
mansub bo`lmagan boshqa don aralashmasi miqdorini aniqlash usullarini 
o`rgatish. Aralashma ko`rsatkichiga ko`ra donni ozuqa, em yoki texnik 
maqsadlarga tavsiya qilish bilan tanishish. 
Asbob va uskunalar: ajratadigan taxtachalar, shpatellar, g`alvir, bo`lgich 
apparati, texnik va analitik tarozilar, magnit, lupa, karton, don namunalari (har 
biridan 5 kg), qorakuya bilan ifloslangan bug`doy doni (qopchalarda), 
qorakosov shoxchalari bilan ifloslangan javdar doni namunasi, aralashmalar 
kollektsiyasi (begona don va zararli), temir zarrachalari bor (har qanday) don 
namunalari. 
Ishni bajarish tartibi: bug`doy, javdar, arpa, suli va sholini ifloslanishini 
aniqlashda 50 gr namuna tortib olinib, 6 mm li g`alvirda tozala-nadi. Shundan 
so`ng g`alvir to`plamini ustiga qo`yiladi va ifloslikni aniqlashga tushiladi. 
1-vazifa. Buning uchun bir qator kattalikdagi g`alvirlardan foydalaniladi. 
Bu quyidagicha amalga oshiriladi. 1 mm g`alvir va uni ostidan mayda donlarga 


41 
mo`ljallangan (bug`doy uchun 1,7x20, javdar uchun 1,4x20, arpa uchun 2,2x20 
mm) g`alvirlar to`plami ustidan qopqoq bilan yopiladi. G`alvirlarni ustma-ust 
o`rnatishda cho`zinchoq teshiklari bir-biriga to`g`ri kelishi kerak. Elash qo`lda 
yoki mexanik usulda amalga oshiriladi. 
Qo`lda bir tekis elash tavsiya qilinadi. Elash kengligi 10 sm dan oshmasligi 
kerak. Elash vaqti har soniyada 2 marta elash tavsiya qilinadi. Har bir elakni 
aniqlash taxtasiga olinib qo`lda ajratiladi. Begona va donli aralashmasiga ajratiladi. 
Ajratilgan fraktsiyalar tortilib ularning miqdori quyidagi formulada aniqlanadi.
Т
Т
Х
%
100
1


bu erda: 
T
1
– aralashma fraktsiyasi,
T – don og`irligining o`rtacha ko`rsatkichi 
Donda metall aralashmalarini aniqlash uchun 1 kg donni tekis joyga 
to`kiladi (qalinligi 0,5 sm bo`lishi kerak). Metall aralashmalarini magnit 
yordamida 3 marta ko`ndalangiga yurgizib tozalanadi. Har yurgizilganda magnit 
temirdan tozalanadi. Magnitni har tomonlama bug`doy sochmasining ichida 
yurgizish kerak. Shundan so`ng metallar 0,001 g aniqlikda tortilib, uning 
og`irligi mg bilan 1 kg donga taqsimlanadi. 
5.1-jadval 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling