Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Ishlash tartibi: 
Don massasining muvozanatdagi namligini aniqlash quyidagicha amalga 
oshiriladi. Tekshirilayotgan dondan olingan o`lchanmalar o`lchangan shisha 
byukslarga yoki idishlarga solinadi. Bular — gigrostat yuza qismida anik 
taranglikka ega bo`lgan suv bug`lari mavjud suyuklik solingan eksikatorga 
quyiladi. Vakt o`tishi bilan donlarning o`ziga namlikni shimdirib olishi uning 
gigroskopligidan dalolat beradi. Tajriba jarayonida erishilgan donning 
muvozanatdagi namligi o`lchanmani quritish yo`li bilan aniqlanadi. Donlarni 
o`zgarmas massasigacha quritish usuli kam aniqlikdagi natijalarni beradi. 


38 
Xavoning aniq nisbiy namligini xosil qilish uchun eksikatorlarga 1-2 litrga 
yaqin sulfat kislotasining kerakli kontsentratsiyali eritmasidan yoki tuzlarining 
to`yingan eritmalaridan solinadi. Kontsentrlangan kislota eritmalari, ishqorlar va 
boshqa moddalar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan xolda tayyorlanadi. 
Tajribalar doimiy va qattiy aniqlangan xroratlar ostida ikki-uchta parallel 
namunalar bilan otkazidadi. Yutiladigan namlik eksikatordagi donlar bilan 
suyuklik o`rtasidagi masofadan, maxsulot qatlamining qalinligidan, gigrostat 
qurilmasiga bog`liq- Bu shartlar barcha tajribalarda bir xil bo`lishi va ayniqsa
vaqt oralig`ida namlikning o`zgarish jarayonini o`rganishda bu narsaga alohida 
e`tibor berish kerak. Bu usulning kamchiligi — jarayonning davomiyligida 
(muvozanat xolati 20-30 va undan ortiq kunlarda boshlanadi) va donlarning 
mog`orlani- shidadir (xdvoning nisbiy namligi 75-80% bo`lganda). Bular esa 
tajriba natijalariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Ishni bajarish tartibi 
1. Tekshiriladigan namunalarni quyilgan maqsadni va kutiladigan 
natijalarni e`tiborga olgan xolda tayyorlash kerak. Namunalarni standart 
bo`yicha to`lik texnikaviy tahlil qilib, sifat tavsiflarini 4.1- jadvalga yozib borish 
kerak.
2.Taxill uchun shisha bukslarni tayyorlash: uni yaxshilab yuvib, doimiy 
massaga kelguncha quritish va raqamlab, analitik tarozida olchab olish kerak. 
3. 
Tekshirilayotgan dondan 5 yoki 10 gramm o`lchanma olib, 
o`lchangan byukslarga solinadi va xavoning nisbiy namligi ma`lum bo`lgan 
eksikatorlarga joylashtiriladi. Eksi-katorning gardishini germetik moy yoki 
vazelin bilan yaxshilab moylash kerak. Ma`lum bir vaqt o`tgandan so`ng donli 
byukslarning xajmi o`lchanib boriladi va ular doimiy massaga erishganlaridan 
keyin muvozanatdagi namligi aniqlanadi. Tajriba natijalari 4.2- jadvalga 
kiritilib, ular bo`yicha grafik tuziladi. Bunda abstsissya o`qiga xavoning tajriba 
oxiridagi nisbiy namlik qiymatlari, ordinata o`qiga esa donning foizlarda 
ifodalangan muvozanatdagi namlik qiymatlari joylashtiriladi. 


39 
Yuqorida keltirilgan tajriba bo`yicha o`lchanma massasining o`zgarishi 
xisobiga istalgan kun uchun donning muvozanatdagi namligi aniqlanadi. 
Misol. Donning boshlangich namligi h=12,5%, tajriba boshlanguncha 
donning massasi h7=5,0 g bo`lgan, qandaydir vaqt oralig`ida donning massasi 
G= 5,6 g ga o`zgargan. 
Tajriba boshlanguncha o`lchanma tarkibida 5 — 0,625 = 4,375 = quruq 
modda bo`lgan. Shunga asosan, yutilgan suvning umumiy miqdori 5,600 — 
4,375 = 1,225 gr ga teng bo`ladi. 
Shunday qilib, donning istalgan vaqtdagi oralik, namligi quyidagi formula 
bo`yicha aniqlanadi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling