Sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash. Reja


Download 1.27 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1543490
  1   2   3   4
Bog'liq
4 amaliy mashg’ulot Sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash


Sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash.
Reja:

  1. Egatlab sug’orishda tuproqning namlanish dinamikasi

  2. Sun’iy yomg‘irlatib sug‘orish mexanizatsiyalash

Hozirgi vaqtda kolxoz va sovxozlarda suvni egatlardan jildiratib oqizib, shimdirib sug‘orish keng qo‘llanilmokda.


G‘o‘zani sug‘orishda, uchastkaning relyefiga qarab, uzunligiga va ko‘ndalangligiga qaratib sug‘orishdan iborat ikki xil sxema qo‘llaninadi (16-rasm).
O‘qariqlar 20-25 sm chukurlik, 50 sm kenglik va tubi 20 sm kenglikda ochiladi. Uchastkaning relyefi va tuproqning suv o‘tkazuvchanliga qarab o‘qariqlar orasidagi masofa 100-150-200 m va undan kamroq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda paykal ariqlari olinadi. Ular orasidagi masofa 200 m dan oshirilmaydi. Ular o‘qariklarga qaraganda ancha keng va chuqur qilib olinadi.
Suvni har bir egatga yoki egat oralatib oqizish tafsiya etiladi. Dastlab suvni kamroq oqizish, so‘ngra egatni yuqori kismi namiqishiga qarab suv oqimini ko‘paytirish kerak. Suv egat etagiga yetib borgandan keyin egat butun uzunligi bo‘yicha tekis chuqurlikda namiqishi va oqava suvni kamaytirish maqsadida suv oqimi kamaytiriladi.
Egatlab sug‘orishda tuproq yetarlicha namaqishi uchun oz va o‘rtacha nishabli uchastkalarda sug‘orishning umumiy davomiyligi bir sutkadan, suv oqimining egat oxirigacha yetib borishi esa 8-12 soatdan oshmasligi kerak. Nishabi katta va suv o‘tkazuvchanligi oz dalalarda sug‘orish davomiyligi bir sutkadan oshishi mumkin. Haddan tashqari (2-3 sutka) cho‘zib yuboriladigan sug‘orishlar ma’qul ko‘rilmaydi.
Qator oralari keng olingan dalalarda egatning uzunligini 150-200 m gacha, egat chuqurligini esa 18-20 sm gacha oshirilishi kerak. Egat chuqur olinganda notekisliklar yaxshi bartaraf etiladi.
Sug‘orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Ilmiy sug‘orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning ba’zi usullarini ishlab chiqishgan. Bunday usullar g‘o‘za yetishtirishda industrial hisoblanadi.
Egiluvchan ko‘chma quvurlar vositasida sug‘orish. Suvchilarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kapron to‘qimasidan qilingan egiluvchan ko‘chma quvurlar keng qo‘llanilmokda. Ular diametri 200-300 mm qilib yasaladi, teshiklarida bir xil diametrli klapanlari bor. Shu boisdan har bir egatga bir xil miqdorda suv beriladi. Quvurlar o‘qariqlar o‘rniga ishlatiladi. Ularning har bir teshigi qator orasining qoq o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan bo‘lib, qatorlar kundalangiga yotqiziladi. Quvurlarga suv quyilganda undagi suv egatlarga avtomatik ravishda taqsimlanadi.
Suvchi suvning to‘g‘ri oqishini va ayrim teshiklarning ifloslanishini bartaraf etib kuzatib boradi.
Quvurlar sekundiga 40-50 l suv o‘tkaza oladi. Bu esa bir yo‘la 2-3 gektar va undan ko‘proq maydonni sug‘orish imkonini beradi. Sug‘orishda mehnat unumdorligi 2-3 baravar oshadi, muvaqqat ariqlarda bo‘ladigan filtratsiyaning kamayishi hisobiga suv sarfi 8-10% pasayadi va paxta hosili 3-4 s ga oshadi. Bundan suvning dalada ancha tekis taqsimlanishi, shuningdek o‘qariklar uchun foydalaniladigan yer tejalishi tufayli gektarning to‘liqligi muhim ahamiyat kasb etadi.
PT-250, TAP-150, TPP-200 markali sug‘orish mashinalari yordamida bosim ostida suv berilganda quvurlarning suv o‘tkazish hususiyati keskin oshadi. Quvurlarning suv sarfi 150-200 l/s ga yetadi. Bu bir yo‘la 4-5 gektar va undan ko‘proq maydonni sug‘orishni ta’minlaydi.
Tajribalarning qo‘rsatishicha, metall turli polietilendan yasalgan yarim egiluvchan quvurlarni, ayniksa, nishabli yerlarda ishlatish eng ko‘p samara beradi. Bu quvurlar yuqori bosimlarga bardoshli, pishiq bo‘lib, sozlab turadigan vintli klapanlari borki, bular vositasida egatga beriladigan suv oqimini sekundiga 0,05 dan 1-2 l gacha aniq sozlash mumkin. Quvurlar vositasida sug‘orish texnologiyasi nishabi sezilarli yerlarda ham bir yo‘la 12-15 gektar maydonni sug‘orish imkoniyatini yaratadi.
Sug‘orish quvurlarini ho‘llash va tuproqni yana ham namlashtirish ishlarini avtomatlashtirishni ta’min etadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling