Sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash. Reja
Download 1.27 Mb.
|
4 amaliy mashgulot Sugorish texnikasi elementlarini hisoblash
Yomg‘irlatib sug‘orish. Sun’iy yomg‘irlatib sug‘orish mexanizatsiyalash usullaridan biridir. Bu usul suvdan tejamli va to‘g‘ri foydalanishni, shuningdek mehnat unumdorligini hamda paxta xosildorligini oshirishni ta’min etadi.
Yomg‘irlatib sug‘orishning afzalligi shundaki, bu usul qo‘llanilganda sug‘orish jarayoni to‘liq mexanizatsiyalashadi hamda har qanday sug‘orish normalaridagi suv tekis taqsimlanadi. Bu sizot suvlari yaqin turadigan o‘tloq yerlarda, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Yomg‘irlatib sug‘orish mehnat unumdorligini 3-4 baravar oshirish imkonini beradi, bunda suvdan unumli foydalanish va har gektarining hosilini 3-4 sentnerga oshirish mumkin buladi. Yomg‘irlatib sug‘orishda DDA-100m markali o‘zi yurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 m yomg‘irlatib sug‘oradi va bir o‘tishda gektariga 50-60 m ni tashkil etadigan suv qatlami hosil qiladi. Sug‘orish normasi gektariga 700-800 m bo‘lganda agregat sutkasiga 10-13 gektar maydonni sug‘oradi. Keyingi yillarda «Voljanka» markali keng qamraydigan yangi sug‘orish mashinasi qurilmoqda. U suvni yana ham tekis intensivlikda yomg‘irlatadi, yerni ko‘loblatmagan holda yaxshi namiqtiradi. Bu mashinani afzalligi shundaki, u tuproqqa nam singish tezligida yomg‘irlatish intensivligi to‘liq mos keladi. Natijada, gektarga 1000 m gacha suv kuyish va tuproqni 80-100 sm chuqurlikda namlashtirish imkonini yaratadi. O‘zbekiston - Quyiamudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston), Chirchiq-Ohangaron (Toshkent viloyati), Farg‘ona (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari), Mirzacho‘l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Zarafshon (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari), Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati) va Surxondaryo (Surxondaryo viloyati) vohalarining har biri qo‘lamida sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlari yuzasidan gruppalash o‘tkaziladi. Agar vohada bo‘z tuproqlar va cho‘l zonasi tuproqlari bo‘lsa, unda gidromodul rayonlari bu tuproqlar uchun alohida ajratiladi. Gidromodul rayonlarining ta’rifi jadvalda keltirilgan.
Ko‘p yillik tajribalarning umumlashgan ma’lumotlari asosida g‘o‘zani sug‘orishning aniqlashtirilgan rejimi tuzib chiqilgan va joriy etish uchun tavsiya etilgan. Ostki shag‘al qatlami uncha qalin bo‘lmagan tuproq sharoitlarida (I va II gidromodul rayonlari) sug‘origa soni va mavsumiy sug‘orish normasi taxminan 15% ga ko‘paytiriladi. Bu tuproqlarning namligi sig‘imi katta emasligiga bog‘liq, oshirilgan mavsumiy sug‘orish normalari esa tuproq namining transpiratsiyaga hamda bug‘lanishga ko‘p sarflangani tufaylidir. SHo‘rlanishga moyil namlikning pastki chegarasi CHDNS (cheklangan dala nam sig‘imi) ga nisbatan 70-80% qabul qilinadi. Shu bilan birga sug‘orish normasi sho‘rlanmagan yerdagiga qaraganda 20-30% ko‘paytiriladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling