Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

5-LABORATORIYA ISHI
MAVZU:DONDAGI ARALASHMALAR MIQDORINI ANIQLASH
 
________________________________________________________________ 
Asosiy tushuncha: Don massasida aralashmlar qanchalik ko`p bo`lsa, 
qoidaga ko`ra, mikroorganizmlar soni ham shuncha ko`p bo`ladi. Biroq, 
aralashmalarning hamma fraktsiyalari ham mikroorganizmlar bilan ko`pincha, 
teshikchalarning diametri ø 1 mm bo`lgan elakdan o`tgan aralashmalar (ayniqsa, 
chang), buzilgan donlar, mineral va organik aralashmalar to`yinadilar. Yuqori 
namlikdagi va toza yig`ib olingan don partiyalarida ko`p mikroorganizmlar 
begona o`simliklarning urug`larida bo`ladi. Namligi va aralashmalarning 
miqdori bo`yicha bazis konditsiyalari talablariga javob beradigan bug`doyning 
20 ta partiyasida barcha mirofloraning 31,5 % dan 66,4 % gacha qism 
aralashmalarda joylashganligi olimlar aniqlab berdilar. Har bir aralashma 
massasiga va asosiy don massasiga nisbatan mikroorganizmlar miqdorining 
solishtirma natijasi olish uchun bu mualliflar to`rtta partiya bo`yicha 0,01 g ga 
qaytadan 
hisoblaydilar. 
Hisoblashning 
bunday 
usulida 
ham 
mikroorganizmlarning eng ko`p miqdori buzilgan donlarda, mineral va organik 
aralashmalarda topildi. 
Mikroorganizmlarni organik va mineral aralashmalarida, shikastlangan 
donlarda va boshqa aralashmalarda ko`proq miqdorda joylashuvi ishlab 


40 
chiqarish sharoitlarida don massalarini tozalashda olingan natijalar bilan 
tasdiqlanadi. Begona va standart tomonidan don yoki begona qo`shimchalar 
toifasiga kiritilgan ayrim madaniy o`simliklarning urug`lari ham saqlash 
jarayonida nafas oladilar; ulardan yig`ib olingandan keyingi etiltirish jarayoni va 
ma`lum sharoitlarda o`sish jarayonlari borishi mumkin. 
Ularga don massasini tashkil qiluvchi asosiy o`simliklar urug`lariga xos 
barcha qonuniyatlarni tarqatish mumkin. 
Shuni eslatib o`tish kerakki, begona o`simliklar urug`larining namligi, 
oqibatda, ularni nafas olish tezligi saqlashning dastlabki davrida, asosiy 
o`simliklar urug`larinikidan ancha yuqori bo`ladi. Ulardan massasini 
namlanishga va o`z–o`zidan qizishiga olib keladi. 
Barcha bu sabablardan kelib chiqqan holda ayniqsa, begona o`simliklarning 
urug`larini hosilni yig`ib olgandan keyin darhol yoki donni qabul qilish 
korxonalaridan qabul qilish paytida chiqarib tashlash juda zarur. Agar bu ish 
qilingan bo`lmasa, don massasini saqlashning birinchi kunlarida tozalash kerak.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling