Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

 
So`tali 
makkajo`xorilarning 
namligini 
aniqlash
So`tali 
makkajo`xorilarning namligini alohida don va negizida aniqlanadi. 
Ombor maydonchalarida, shuningdek vagon, avtomashina yoki aravalarda 
keltirilgan va saqlanayotgan so`talarning namligin aniqlash uchun, dastlabki 
namunadan (100 so`ta) har 30-sini, ya`ni bor yo`g`i uchtasi olinadi. Ular 
mutlaqo sog`lom bo`lishi shart.
Omborga avtomashinalarda kun davomida qismlarga bo`lib olib kelingan 
bir turli to`plamning namligini aniqlash uchun o`rtacha kunlik namuna quyidagi 
tarzda tuziladi. Har bir avtomashina yoki aravadan olinadigan uchta sog`lom 
so`ta namunasi sindirilib, 50 g don olinadi va po`kak bilan zich yopiladigan 
shisha bankaga joylanadi. Olingan o`rtacha kunlik namunadan 50 g namunacha 
ajratiladi va don namligini aniqlash amalga oshiriladi. 
Makkajo`xori negizining namligini aniqlash uchun ham o`rtacha sutkali 
namuna tuziladi. Makkajo`xorining har bir so`tasidan ajratilgan negizidan 
bo`lakcha kesib olinadi va uni zich yopiladigan shisha idishga joylab saqlanadi. 
Tuzilgan o`rtacha sutkali 50 gr og`irlikdagi bo`lakchalardan namunalar 
ajratiladi, ular kichik qismlarga bo`linadi, har biri 5 gr dan ikkita namunacha 
olinadi va quritiladi. 
Don namligini aniqlash uchun so`talar qo`lda yoki laboratoriya sidirgichi 
yordamida sidiriladi va olingan dondan 50 g o`rtacha namuna ajratiladi. So`ngra 
don yanchiladi, qopqoqli bankaga joylanadi, keyin undan har biri 5 g dan ikkita 
namuna olinadi. Ularning namligi 18% dan ortiqcha bo`lsa, undagi namlik 
dastlabki quritishdan keyin aniqlanadi. 


33 
Namlikni elektron nam o`lchagichlarda aniqlash. Don namligini 
aniqlashda zamonaviy elektron o`lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan 
usullar oldida juda ko`p afzalliklarga ega. Birinchidan elektron asboblar don 
namligini aniqlashga ketadigan vaqtni keskin qisqartirish imkonini beradi, bu don 
tayyorlash davrida juda zarurdir, ikkinchidan, elektron nam o`lchagichlarning 
tuzilishi nisbatan oddiy bo`lib, ularda ishlash uchun maxsus ixtisoslashtirishni 
talab qilmaydi, uchinchidan, elektr namlik o`lchagichlar yordamida masofada 
turib namlikni o`lchash, namlikni avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib 
borish mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling