Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Asosiy aniqlash usuli. Asosiy yoki standart usuli maydalangan don 
namunalarini elektr quritish javonida 130
0
li haroratda 40 daqiqa davomida 
quritish usuli hisoblanadi. 
Agar dondagi namlik miqdori yuqori bo`lsa (18% dan ko`p), unda namlikni 
aniqlashni dastavval quritish bilan birga olib boriladi. Maydalangan yoki oddiy 
donni elektr javoni yoki boshqa apparatdagi 130
0
haroratda 40 daqiqa davomida 
quritib namlikni aniqlashga ruxsat etiladi. Arbitraj tahlil va quritish javoni va 
nam o`lchagichlari nazorat tekshirishida albatta asosiy usulini qo`llash zarur. 
Asosiy usulda namlikni aniqlashda tahlil o`tkazish tartibi quyidagicha. 
Yaxshi aralashtirilgandan keyin 100 gr donni o`rtacha namunadan ajratib olinadi 
va uni o`ziga mos qopqoqli shisha idishga yoki po`kak bilan zich yopiladigan 
butilkaga joylanadi. Tahlilni keltirilayotgan namunalarning harorati xona 
haroratiga to`g`ri kelganda boshlash mumkin. 


29 
Yanchishdagi yiriklikni bilish uchun tegirmoncha o`rnatish. Namlikni 
aniqlashda don namunalari laboratoriya tegirmonchasida yanchiladi. Chunki, 
yanchilgan unning yirikligi donning quritish darajasiga ta`sir etadi, shuning 
uchun yanchishdan oldin tegirmonchalarni ma`lum yiriklikka mo`ljallab 
o`rnatiladi. Ushbu maqsadda texnik tarozida 50 g don tortiladi, uni tegirmoncha 
orqali o`tkaziladi va olingan mahsulotni elaklar to`plami orqali elanadi. DAST 
ga binoan 0,8 mm uyali simli elakdan o`tkazilgan maydalangan don bug`doy 
uchun 60%, grechixa uchun 50%, suli uchun 30%, boshqa don turlari (no`xat) 
uchun 50% dan kam bo`lmasligi shart. 
Namunalarni 
tahlilda 
tayyorlash
Namunani 
yanchishdan 
oldin 
tegirmoncha namuna qoldiqlaridan tozalanadi va tahlil qilinayotgan don 
namunasidan bir qismi o`tkaziladi, so`ng o`rtacha namunadan ajratilgan 
namunadan (100 g) taxminan 30 g don qismi bo`linadi va tegirmoncha orqali 
o`tkaziladi. Maydalangan don bankaga to`kiladi va qopqoq yoki po`kak bilan 
zich yopib qo`yiladi. So`ngra maydalangan don sinchiklab aralashtiriladi va 
qoshiqcha bilan turli joylardan har biri 5 g ikki namuna olinib, temir byukslarga 
joylanadi. Byukslar oldindan quritish javonida 105
0
S haroratda 1 soat davomida 
quritilgan, eksikatorda sovutilgan va 0,01 g aniqlikda texnik tarozida tortilgan 
bo`lishi kerak. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling