Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Ishning maqsadi: talabalarni don partiyalarini saqlashda belgilangan 
namlik me`yori bilan tanishtirish. Ularga saqlash va qayta ishlash uchun qabul 
qilinadigan donlarning namligini aniqlashni o`rgatish. 
Asbob uskunalar: temir byukslar, texnik tarozilar, laboratoriya 
tegirmonchasi, elektr quritish javoni, elektr nam o`lchagichlar, zich yopiladigan 
qopqoqli shisha bonkalar, qoshiqcha yoki shpatellar, nam o`lchagichga 
o`tkazuvchi hisob jadvallari, don namunalari. 
Ishni bajarish tartibi: don namligi deb, uning tarkibidagi, olin-gan 
namuna og`irligiga nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bog`langan 
gigroskopik suv miqdoriga aytiladi. 
Dondagi suv miqdori uning asosiy sifat ko`rsatkichi hamda uni saqlash 
chidamliligini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Dondagi ortiqcha suv 
nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda mikroorganizmlar hamda ombor 
zararkunandalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Don quyi harorat ta`sirida 
mumkin qadar o`zining unishini yo`qotadi va ekish uchun yaroqsiz bo`lib 
qoladi. 
Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) namlik qayta ishlashda ham 
birikadi. Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-monning 
unumdorligi pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga 
javob berishini belgilaydigan don namligining 4 holati ma`lum: quruq, yarim 


28 
quruq, nam va ho`l. 
Bug`doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko`rsatkichlar bilan 
ta`riflanadi: quruq – namlik 14 foizgacha, o`rtacha quruq – 14-15,5 foizgacha, 
nam – 15,5 foizdan 17 foizgacha va ho`l – 17 foizdan ortiq. Don namligini 
aniqlash usullarini ikki guruhga bo`lish mumkin: to`g`ri va boshqa yo`l bilan. 
Birinchi guruhga maxsus uskunalarda oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin 
uni hajmini o`lchash yo`li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. Shuningdek, 
don namligini aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usullar keng 
tarqalgan: 
1. Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig`i bo`yicha) namunalarni 
quritish bilan suv miqdorini aniqlash. 
2. Donning elektr o`tkazuvchanligin va dielektrik o`tkirligiga qarab 
namligini aniqlash. 
Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini quritishda 
quritgich javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh-2, SESh-3 va boshqa) 
qo`llaniladi. Elektr o`tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng 
qo`llanilayotgan elektr nam o`lchagichlarida amalga oshirilmoqda. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling