Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donning muvozanat namligi.
Don massasining gigroskopikligi. Don massasini saqlash va ayniqsa,
yig`ib olingandan keyingi ishlov berish paytidagi (faol shamollatish, quritish) 26 holatiga uning suv bug`larini olishi va o`zidan chiqarib yuborishi, ya`ni gigroskopikligi ko`proq ta`sir qiladi. Don massasining gigroskopikligi tufayli saqlash paytida uning namiqishi donning, mikroorganizmlarning va boshqa tirik komponentlarning hayot faoliyati uchun sharoit yaratadi. Avval yozilganlardan ma`lumki, donning yuqori gidroskopikligi uning kapillyar-g`ovaksimon strukturaga va gidrofil kapillyarlarga egaligi bilan tushuntiriladi. Biroq, bunda shuni inobatga olish kerakki, alohida donga va don massasiga kolloid kapillyar g`ovaksimon strukturali noorganik jismlar yoki o`lik organik materiya bilan butunlay bir xil deb qaramaslik kerak. Donning hayotiy funktsiyalari barcha sorbtsion jarayonlarga va namlikni taqsimlash qonuniyatiga so`zsiz ravishda o`z izlarini qoldiradilar. Donlar va atrof muhit (havo) o`rtasida namlikni almashuvi ikkita qarama- qarshi yo`nalishda sodir bo`lishi mumkin: a) agar don yuzasidagi suv bug`larining partsial bosimi havodagidan yuqori bo`lsa, u holda namlik dondan havoga o`tadi, ya`ni desorbtsiya jarayoni boradi; b) agar don yuzasidan suv bug`larining partsial bosimi havodagidan past bo`lsa, u holda namlik havodan donga o`tadi, don namlanadi, ya`ni sorbtsiya jarayoni boradi. Donning muvozanat namligi. Agar havodagi va don yuzasidagi suv bug`larining partsial bosimlari tenglashsa, havo va don o`rtasida namlikni almashinuvi to`xtaydi. Bu paytda dinamik muvozanat holati sodir bo`ladi. Donning bu holatga mos keladigan namligi muvozanat namlik deyiladi. Doimiy haroratda don namligi va havodagi suv bug`lari bosimi (yoki uning nisbiy namligi) o`rtasidagi bog`liqlik sorbtsiya va desorbtsiyaning izotermasi ko`rinishida ifodalanadi. Don suv bug`lari bilan to`yingan havoda (nisbiy namlik Wq100 %) bo`lganda o`rnatilgan uning maksimal muvozanat namligi shunday chegara hisoblanadiki, o`shangacha don suv bug`larini havodan so`rib olishi mumkin. 27 Keyingi namlanish faqatgina tomchi-suyuqlik ko`rinishidagi (suv tomchisi) namlikni yutish natijasida sodir bo`lishi mumkin. Agar gigroskopik namlikni saqlovchi don suvi bug`laridan holi bo`lgan atmosferaga joylashtirilsa va hamma vaqt don shu holatda saqlansa, ya`ni don ajratgan bug`lar olib tashlansa, unda dondan barcha suv asta-sekin bug`lanib ketadi. Laboratoriyaotda barcha boshoqli o`simliklar va grechixa donining muvozanat namligi 7 % dan 33-36 % gacha oraliqda bo`ladi. Don namligi 7 % bo`lishi 15-20 % namlikdagi havo uchun, don namligi 33-36 % bo`lishi - suv bug`lari bilan to`yingan havo uchun muvozanatli hisoblanadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling