Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

5-rasm. Gusev bo`lgichi: 
1-umumiy ko`rinishi; 2-bo`ylama kesimi; 3-bo`lish qismi. 
Misol: Donning iflosligini aniqlash uchun 50 g namuna ajratish zarur. 
Buning uchun ikkala cho`michdan donni bo`lgich voronkasiga to`kiladi, jumrak 
ochiladi. Don o`tkazilganidan keyin jumrak berkitiladi va don pastki cho`michda 
shunday miqdorda don qolsinki, uning og`irligi tahlil uchun zarur 
namunachadan birmuncha ortiq bo`lishi kerak. 
Bo`lgichdan oxirgi marta o`tkazilgandan keyin don torozi pallachalariga 
to`kilib tortiladi. 50 g va undan ortiq namunani tortishdagi aniqlik 0,5 g atrofida 
bo`lishi shart. Agar donni ortiqchaligi namuna og`irligining 10% idan oshmasa 
(masalan, 50 g namuna uchun 5 g ortiqcha), bu ortiq miqdorini torozi pallasidan 
qoshiqcha bilan butun qatlam qalinligi bo`yicha turli erlardan olinadi. Agar 
namunadagi ortiqcha miqdor 10% dan ortiqcha bo`lsa, unda hamma ajratilgan 
don stolning tekis sathiga to`kiladi, yupqa qatlam qilib tekislanadi va qatlamning 
butun qalinligining turli joylaridan xokondozcha bilan ortiqchasi olinadi. 
Bo`lgich apparatida eng kamida 50 g namuna ajratish mumkin, 50 g kam 
namuna ajratish uchun quyidagicha ish yuritiladi: avval bo`lgichda 50 g 
miqdorda don namunasi ajratiladi, so`ngra don ajratish taxtasiga o`tkaziladi va 
kesma holida bo`lishi bilan zarur hajmli namunacha izchil usulda ajratiladi. 


17 
Namunalarni qo`lda ajratish. Namunalarni bu holda ajratish “o`rtacha 
namuna ajratish” mavzusida yoritilgan izchil kesma bo`lish usulida amalga 
oshiriladi. Ushbu usulda namunani aralash-tirish va bo`lish, namuna uchun don 
ikkala qarama-qarshi uchburchak-larda taxminan bir xil zarur miqdorda 
qolgunigacha davom ettiriladi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlashni tushuntiring? 
2. O`rtacha namuna ajratishni tushuntiring? 
3. O`rtacha kunlik namuna tuzish va o`rtacha namuna ajratishni tushuntiring? 
4. Makkajo`xori namuna qismlari tanlash va o`rtacha namuna tuzishni 
tushuntiring? 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling