Hamidulla Dadaboyev


To‘qqizinchi mavzu: Sifat –terminlar, fe’l–


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

To‘qqizinchi mavzu: Sifat –terminlar, fe’l– 
terminlar va qo‘shma terminlarning yasalishi 
Reja: 
1. Ismlardan sifat-terminlarning yasalishi. 
2. Sifat – terminlarning fe’llardan yasalishi.
3. Fe’l –terminlarning hosil qilinishi. 


71
Asosiy 
tushunchalar: 
ismlardan 
yasalgan 
sifat-
terminlar, fe’llardan yasalgan sifat-terminlar, prefiks, sermahsul, 
kammahsul,gibrid termin, fe’l-terminlar, qo‘shma terminlar, 
model, komponent, termin-birikmalar, termin-element. 
Ma’lumki, ot so‘z turukumiga xos leksik birliklarning 
termin tarzida qo‘llanishi bo‘yicha so‘z turkumlari qatorida 
yetakchilikka egaligi hech kim uchun yangilik emas. Shu bilan 
birga, ilm-fan tilida (ya’ni mavjud ilmiy adabiyotda qo‘llangan) 
maxsus 
tushunchalarni 
ifodalaydigan 
hamda 
terminologik 
nomlarga doir barcha talablarga jabob beradigan terminlar o‘rnida 
ham fe’l (fe’ldan yasalgan bir o‘zakli ismlar), ham sifat, ham 
ravishlarning erkin ishlatilishi mumkinligini ta’kidlash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Sifat-terminlarning yasalishi. Morfologik usul bilan hosil 
qilingan sifat – terminlar quyidagi ikki guruhga taqsimlanadi: 1) 
ismlardan yasalgan sifat-terminlar; 2) fe’llardan yasalgan sifat-
terminlar. 
Ismlardan sifat-terminlar yasashda tubandagi modellar 
qatnashadi: 
-li affiksli so‘z yasovchi model
Sof o‘zbek (turk)cha -li affiksli so‘z yasovchi model 
quyidagi ma’noli terminlarni yuzaga chiqaradi: 
a) boshlang‘ich asosda nomlangan egalik, majudlik, borlikni 
ifodalaydi : zaharli, misli, sharikli, kislotali, tuzli, yarog‘li, fosforli, 
dukkakli, to‘yimli va h.k.; 
b) dastlabki asosning predmetlik nomini bildiradi: zararli, 
muddatli, maqsadli, qimmatli, nuqsonli, foydali va h.k.; 
v) nimagadir yaroqlilikni anglatadi : yaroqli, yeyimli,
yeyishli, xavfli, ichimli va h.k. 
– siz affiksli so‘z yasovchi model 
-siz affiksli sifat-terminlar –li affiksli sifat-terminlarning 
antonimi, ya’ni ziddi (gilzali-gilzasiz, stvolli-stvolsiz, mo‘ynali – 
mo‘ynasiz , gazli – gazsiz, temirli-temirsiz va h.k.) bo‘lib, quyidagi 
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: 
a) boshlang‘ich asos orqali ifodalangan narsaning mavjud 
emasligi: ishsiz, aybsiz, vizasiz, gunohsiz, nikohsiz, xavfsiz, dalilsiz, 
jarangsiz, qurolsiz, mablag‘siz, kreditsiz, tutunsiz, mo‘ljalsiz (o‘q 
otish), minasiz va h.k.; 
b) dastlabki asosning oz miqdordaligini ko‘rsatadi: jirsiz
(jir ), tuzsiz (tuz), suvsiz (suv ) va h.k. 
- chan affiksli so‘z yasovchi model 
–chan qo‘shimchali ushbu kammahsul model tub hamda 
yasama fe’llardan yasalgan ot turkumli so‘zlardan “qat’iy ravishda 
namoyon bo‘luvchi fazilat, xarakter belgisi va moyillik”ni 


72
ifodalaydagan terminlarni hosil qiladi : yashovchan, o‘zgaruvchan, 
sezuvchan, uchuvchan ( kimyo. uchuv), eruvchan, ko‘rinuvchan 
(harb. ko‘rinuv), tovlanuvchan, sochiluvchan (fiz. sochiluv), 
egiluvchan va h.k. 
– chil affiksli so‘z yasovchi model 
-chan qo‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul
chil affiksli so‘z yasovchi model birorn narsaga bo‘lgan “moyillik, 
berilganlik” ma’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi 
terminlarni yasashda qatnashadi: dardchil, izchil, xalqchil, epchil 
va h.k. 
– simon affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur model hozirgi o‘zbek tili zoologiya hamda 
biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik ma’nosini 
ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalarni hosil 
qilishda o‘z ifodasini topgan. –simon affiksli sifat-terminlar ma’no 
jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti «...podobniy», 
«…obrazniy», «vidniy» elementlaridan tashkil topgan qo‘shma 
sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol 
ishlatilishi bilan ajralib turadi: ivasasimon (kit), tumshuqsimon, 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling