Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim uzoq muddatli maqsadlaridan biri iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, uning sur’atlarini barqaror va optimal darajada ushlab turishdir


Download 1.24 Mb.
bet12/17
Sana24.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1114532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 01560

Tayanch tushunchalar
Milliy iqtisodiyot; makroiqtisodiy oborot; iqtisodiyotning real sektori; iqtisodiyotning pul sektori; yalpi ichki mahsulot (YalM);nominal YalM; real YalM; iqtisodiy o ‘sish; iqtisodiy o ‘sish omillari; iqtisodiy о ‘sish turlari; iqtisodiy о \sish samaradorligi; xususiy iste ‘mol; davlat iste ’moli; yalpi jam g‘arma.
Iqtisodiy rivojlanish — ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o'sish — YalM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o'sish mezoni — iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlari — iqtisodiy o'sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko'rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish — ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o'sish - ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi.
Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish — iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillarning ustivor o‘ringa ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish — iqtisodiy o‘sishda intensiv omillarning yuqori o’ringa egaligini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish omillari — iqtisodiy ovsishga ta’sir ko’rsatishda o‘z o’rniga ega boMgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy-buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi.
Tabiiy boylik — milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo’lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi.
Ma’naviy boylik — ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling