Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim uzoq muddatli maqsadlaridan biri iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, uning sur’atlarini barqaror va optimal darajada ushlab turishdir


Download 1.24 Mb.
bet8/17
Sana24.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1114532
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 01560

Iqtisodiy o‘sish samaradorligi

Iqtisodiy resurslar cheklanganligidan ehtiyojlami toMaroq Qondirib farovon yashash uchun iqtisodiyotning samaradorligini Oshirish kerak. Iqtisodiyotning o‘sish samarasi — uning bergan pirovard natijasi bo£lib, bu YalM qanchaga ko£payganini bildiradi. Masalan, AQShning YalMi 2000-yili 34,3 trillion dollar bo‘lsa, 2001-yilga kelib 34,9 trillion dollarga yetdi. Demak, iqtisodiy o£sish 600 mlrd dollami tashkil etdi. Mana shu iqtisodiy o‘sish samarasi, Lekin bu iqtisodiy o£sish qanchaga tushganini bildirmaydi. Buni Bilish uchun olingan natija qilingan sarflar bilan qiyoslanishi kerak. Shunda iqtisodiy o‘sishning samaradorligi kelib chiqadi.


I
qtisodiy o‘sishning samaradorligi — bu o‘sishga qanday sarflar Bilan erishilganligi bo‘lib, YalM o‘simini sarflar o‘simi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.11

I
shlab chiqarishdagi sarflar — bular resurslarning sarflari hisoblanadi. Bular mehnat, moddiy-ashyoviy kapital va informatsiya sarflaridan tashkil topadi. Bular birgalikda YalMning sarflar sig‘imini hosil qiladi. Sig‘im YalM qanday sarflar bilan yaratilganligini bildiradi. Buni YalM birligiga ketgan xarajatlar ifodalaydi (2.6-rasm). 12


2.6-rasm. YalM xarajat sig‘imi
Mehnat sig‘imi YalM birligini yaratish uchun sarflangan ish Haqi va mukofotlar sarfini, moddiy-ashyoviy sig‘im xomashyo, Yoqilg‘i, materiallar sarfini, kapital sig‘im mashina-uskunalar va bino-inshootlar sarfini va nihoyat informatsion sig‘im informatsiyani topish va ishlatish sarflarini bildiradi. Bu sarflar qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik YalM xarajatlar sig‘imi past bo‘ladi, binobarin samaradorlik ham yuqori bo‘ladi. Samaradorlikni aniqlashda, demak, sarflar va natijalar taqqoslanadi. Bu qanday sarf evaziga qanday natija olinganligini anglatadi. Muayyan paytda sarflar samaradorlikka har xil yo‘nalishda ta’sir etishi mumkin. Ulardan biri samaradorlikni oshirsa, boshqasi uni o`zgartirmaydi, yana boshqasi hatto uni pasaytirishi ham mumkin. Demak, sarflar natijasi farqlanadi. Biroq nima boiganda ham natija jami sarfdan ortiq bo‘lishi kerak aks holda iqtisodiyot rivojlanmaydi. Samaradorlikni oshirish uchun mehnat, moddiy-ashyoviy, kapital va informatsiya sigimini pasaytirish talab qilinadi. Bunga ishlab chiqarish omillaridan to‘laroq foydalanish orqali erishiladi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling