Harflar imlosi


Download 377.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana24.12.2022
Hajmi377.05 Kb.
#1058128
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Imlo qoidalari, tinish belgilari

@Ona_tili_va_adabiyot_N1


40. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: 
qo’llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmanalandi... 
41. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi, 
42. Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz. 
43. Elning bir so'zi bor: o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri 
tutma. 
44. Saida bunga juda suyundi: demak, hisobot
yuzasidan bo’ladigan muzokara qizg'in tus oladi. 
45. Chol undan balandroq keldi: men brigadirlikdan 
tushmayman, deb chiqib ketdi. 
46. Sizning qilayotgan ishingiz yomg'irga o'xshaydi: har 
bir tomchisi don undiradi. 
47. Yoz oxirida kechalar salqin, kunduzlari issiq bo'ladi:
tun paytida shabada tog'dan 
48. Shu fe'llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat 
qilmaydilar. 
49. Chol aqlli odam: unga o'rgatish ham mumkin, undan 
o’rganish ham mumkin. 
50. Shoazim o’ng'aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko’ngliga 
bahs sig’mas edi. 
51. Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon davrada mag’lub 
bo'sa, taqdirga tan berib ketmaydi. 
52. Quyoshning uyg'onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong 
nihoyatda 
go’zal 
bo’ladi
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


V. Ega va ot kesim orasida tirening
ishlatilishi 
1. Aziz vatandoshim , bu—sening imzong . 
2. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra . 
3. Hamma sizning tarafingizda , chunki mana buni bajaruvchi—
siz . 
4. Ikki karra ikki—to’rt . 
5. O’zbekiston—mustaqil davlat . 
6. Til—millatning bebaho boyligi va mulkidir . 
7. O’qish—hayotni tushunish . 
8. Kurashmoq—o’rnak bo’lib yashamoq . 
9. Bir hafta—yetti kun . 
10. Paxta bayrami—zafar bayrami . 
11. Ona yerim—oltin tuprog’im . 
12. Mana bu—yangi qishloq rejasi . 
13. Sen—yetim emassan . 
14. Biz—baxtlar vodiysining farzandlarimiz . 
15. Sabr tagi—sariq oltin . 
16. Salomatlik—tuman boylik . 
17. Otalar so’zi—aqlning ko’zi . 
18. Aytilgan so’z—otilgan o’q . 
19. Bilim va hunar—egizak . 
20. Hunarlining qo’li—gul . 
21. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i . 
22. Oz so’z—soz so’z . 
23. Do’stlik—xalqimizning xulqi ,odati , Do’stlik—
o’lkamizning qudrati , shoni. 
24. Tinchlik—odamzodning buyuk orzusi . 
25. O’zbekiston—kelajagi buyuk davlat . 
26. Jamoa xo’jaligi—xalq mulki . 
27. Halol yashamoq—xalqqa xizmat qilmoq . 
28. 8-Dekabr—O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
kuni . 
29. O’zbekiston Respublikasi poytaxti—Toshkent shahri . 
30. Jahl—dushman , aql—do’st . 
31. Saksovul—cho’l o’simligi . 
32. Uch marta to’qqiz—yigirma yetti . 
33. Bugungi harakat—ertangi barakat . 
34. Rejasiz ish—qolipsiz g’isht . 
35. Er-u xotinning urushi—doka ro’molning qurishi . 
36. Yaxshining gapi—moy , yomonning gapi—loy . 
37. Men o’quvchiman , otam—o’qituvchi . 
38. Hosilning otasi—suv , onasi—yer . 
39. Mening eng yaqin do’stim—sen . 
40. Feruzaning onasi—shifokor . 
41. Aziza—tikuvchi . 
42. Yuzduz—a’lochilarimizdan . 
43. Taniganim—do’stlarim . 
44. Tinchlik—farovon hayot manbai . 
45. Mening aytadigan gapim—shu . 
46. Har narsaga qiziqish—biz uchun eski odat . 
47. Maqsadim—o’qimoq . 
48. Bu—siz uchun katta sinovdir . 
49. Men—mana shu minglarning biriman . 
50. Urush—quyon ovi emas . 
51. Sen—bizni ozod etuvchisan . 
52. Qo’l yugirigi—oshga , til yugirigi—boshga . 
53. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi—shu . 
54. Oltita bolani bag’riga olgan Mahkam taqachi—shu . 
55. Birniki—mingga , mingniki—tumanga . 
56. Yaxshi ro’zg’or—jannat , yomon ro’zg’or—do’zax . 
57. Yaxshi o’g’il—el obro’si , yaxshi qiz—uy obro’si.
58. Ona tili—bu millatning ruhidir . 
59. Muloyimlik—rizq sari yetaklovchi kalit . 
60. Badanning quvvati—ovqat , aqlning kaliti—hikmat . 
61. Ilm—bir daraxt . Odob uning mevasidir . 

Download 377.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling