Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- @Ona_tili_va_adabiyot_N1 V. Ega va ot kesim orasida tirening ishlatilishi
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
40. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo’llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmanalandi... 41. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi, 42. Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz. 43. Elning bir so'zi bor: o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma. 44. Saida bunga juda suyundi: demak, hisobot yuzasidan bo’ladigan muzokara qizg'in tus oladi. 45. Chol undan balandroq keldi: men brigadirlikdan tushmayman, deb chiqib ketdi. 46. Sizning qilayotgan ishingiz yomg'irga o'xshaydi: har bir tomchisi don undiradi. 47. Yoz oxirida kechalar salqin, kunduzlari issiq bo'ladi: tun paytida shabada tog'dan 48. Shu fe'llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. 49. Chol aqlli odam: unga o'rgatish ham mumkin, undan o’rganish ham mumkin. 50. Shoazim o’ng'aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko’ngliga bahs sig’mas edi. 51. Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon davrada mag’lub bo'sa, taqdirga tan berib ketmaydi. 52. Quyoshning uyg'onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go’zal bo’ladi @Ona_tili_va_adabiyot_N1 V. Ega va ot kesim orasida tirening ishlatilishi 1. Aziz vatandoshim , bu—sening imzong . 2. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra . 3. Hamma sizning tarafingizda , chunki mana buni bajaruvchi— siz . 4. Ikki karra ikki—to’rt . 5. O’zbekiston—mustaqil davlat . 6. Til—millatning bebaho boyligi va mulkidir . 7. O’qish—hayotni tushunish . 8. Kurashmoq—o’rnak bo’lib yashamoq . 9. Bir hafta—yetti kun . 10. Paxta bayrami—zafar bayrami . 11. Ona yerim—oltin tuprog’im . 12. Mana bu—yangi qishloq rejasi . 13. Sen—yetim emassan . 14. Biz—baxtlar vodiysining farzandlarimiz . 15. Sabr tagi—sariq oltin . 16. Salomatlik—tuman boylik . 17. Otalar so’zi—aqlning ko’zi . 18. Aytilgan so’z—otilgan o’q . 19. Bilim va hunar—egizak . 20. Hunarlining qo’li—gul . 21. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i . 22. Oz so’z—soz so’z . 23. Do’stlik—xalqimizning xulqi ,odati , Do’stlik— o’lkamizning qudrati , shoni. 24. Tinchlik—odamzodning buyuk orzusi . 25. O’zbekiston—kelajagi buyuk davlat . 26. Jamoa xo’jaligi—xalq mulki . 27. Halol yashamoq—xalqqa xizmat qilmoq . 28. 8-Dekabr—O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni . 29. O’zbekiston Respublikasi poytaxti—Toshkent shahri . 30. Jahl—dushman , aql—do’st . 31. Saksovul—cho’l o’simligi . 32. Uch marta to’qqiz—yigirma yetti . 33. Bugungi harakat—ertangi barakat . 34. Rejasiz ish—qolipsiz g’isht . 35. Er-u xotinning urushi—doka ro’molning qurishi . 36. Yaxshining gapi—moy , yomonning gapi—loy . 37. Men o’quvchiman , otam—o’qituvchi . 38. Hosilning otasi—suv , onasi—yer . 39. Mening eng yaqin do’stim—sen . 40. Feruzaning onasi—shifokor . 41. Aziza—tikuvchi . 42. Yuzduz—a’lochilarimizdan . 43. Taniganim—do’stlarim . 44. Tinchlik—farovon hayot manbai . 45. Mening aytadigan gapim—shu . 46. Har narsaga qiziqish—biz uchun eski odat . 47. Maqsadim—o’qimoq . 48. Bu—siz uchun katta sinovdir . 49. Men—mana shu minglarning biriman . 50. Urush—quyon ovi emas . 51. Sen—bizni ozod etuvchisan . 52. Qo’l yugirigi—oshga , til yugirigi—boshga . 53. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi—shu . 54. Oltita bolani bag’riga olgan Mahkam taqachi—shu . 55. Birniki—mingga , mingniki—tumanga . 56. Yaxshi ro’zg’or—jannat , yomon ro’zg’or—do’zax . 57. Yaxshi o’g’il—el obro’si , yaxshi qiz—uy obro’si. 58. Ona tili—bu millatning ruhidir . 59. Muloyimlik—rizq sari yetaklovchi kalit . 60. Badanning quvvati—ovqat , aqlning kaliti—hikmat . 61. Ilm—bir daraxt . Odob uning mevasidir . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling