Harflar imlosi


Download 377.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana24.12.2022
Hajmi377.05 Kb.
#1058128
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Imlo qoidalari, tinish belgilari

VIII. Nuqtali vergul 
Nuqtali vergul o’zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi . 
Nuqtali vergul quyidagi o’rinlarda qo’llanadi : 
1. Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan tugal fikr anglatib , bir-biriga yaqin bo’lmagan 
hollarda 
Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi ; o’quvchining ko’z oldiga odamning havasini keltiradigan , 
har qanday kishining muhabbatini o’ziga qaratadigan , har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o’zining 
jafokashligi , g’ayrati , farosati , el-yurt uchun qayg’urishi bilan sazovor bo’lgan bir chol keladi . (A.Qahhor) 
2. Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqea-hodisalar bir-biriga qiyoslanganda 
Ish kuchini elga berma , yerga ber ; jamg’armani selga berma , elga ber ! 
Yaxshini yomon dema , olising bo’lsa ham ; yomonni yaxshi dema , yaqining bo’lsa ham . 
3. Uyushiq bo’laklar guruhlanib , o’zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda , har bir guruhni 
anglatuvchi so’zdan keyin 
Gerb rangli tasvirda bo’lib , Humo qushi kumushrangda ; quyosh , boshoqlar , paxta chanog’i va “O’zbekiston” 
degan yozuv tillarangda ; g’o’za shoxlari va barglari , vodiylar yashil rangda ; tog’lar havorangda ; chanoqdagi 
paxta , daryolar , yarimoy va yulduz oq rangda beriladi . 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


4. Reja , qaror , faron , buyruq , qonun va shu kabilarning sanalayotgan har bir bandi oxirida nuqtali vergul 
qo’yiladi (oxirgi band bundan mustasno) 
Otabek timsoliga tavsif : 
a) Otabek—o’qimishli , o’z davrining yetuk kishisi ; 
b) Otabek—mard va jasur yigit ; 
d) Otabek—o’z ahdiga sodiq , vafoli yor . 
IX . Ikki nuqta 
Ikki nuqta o’zbek yozuvida XIX asr oxiri , XX asr boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlagan . 
Ikki nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi : 
1. Shaklan tugallangan , lekin mazmunan keyingisi oldingisining uzviy davomi sanalgan bog’lovchisiz qo’shma gap 
qismlari orasida 
Oltmishga kirib bildim : umrim bekorga o’tmabdi , odamlarga kerakli ekanman , hayotda iz qoldiribman .
2. Ko’chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so’ng 
Bundan so’ng Qutidor turib ichkariga yugurdi , yarim yo’ldanoq tanchada o’tiruvchi Oftoboyim va Kumushga 
qichqirdi : —Sir ochildi! (A.Qodiriy) 
3. Uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan keyin 
O’zbekiston Respublikasining Davlar ramzlari : davlat bayrog’i , davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy 
iftixorimiz , sharaf va shonimiz sanaladi . 
4. Reja , mavzu , eslatma , qaror qiladi kabi so’zlardan so’ng 
Mavzu : “Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni”. 
Yuqoridagilar asosida yig’ilish qaror qabul qiladi : 
1. Jamoaning Navro’z bayramiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli deb topilsin ; 
2. Navro’z—umumxalq bayramini ko’tarinki ruhda munosib kutib olish uchun yana zaruriy chora-tadbirlar ishlab 
chiqilsin . 
5. Uslubiy ravonlikni , muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda , nashr ishlarida ayrim 
so’zlardan so’ng 
Toshkentda “Mustaqil O’zbekiston : falsafa va huquqning dolzarb masalalari” mavzusida uchinchi an’anaviy 
respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo’lib o’tdi . 
6. Sport musobaqalarida raqiblar o’rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning 
nisbatini belgilash maqsadida 
Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o’yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27 : 21 hisobi 
bilan yengdi . “Andijon” va “Paxtakor” komandalari o’rtasidagi o’yin during natija bilan tugadi— 2 : 2 . 
7 Bo’g’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida izohlash, sabab munosabati ifodalansa
Bildi ota : foydasizdir qiynamoq . Orzum shul : o’chmasin yongan chirog’ing .
Mening bir jaydari falsafamdir shu : hargiz iltimosga kuning qolmasi .
Urilmoq ham foyda : pishiq bo’lasiz , tajriba hosil qilasiz .
A’zamjon bugun kela olmaydi : onasi betob . 
8. Rasmiy hujjatlarda umumlashtiruvchi so’z qo’llanmasa ham , uyushiq bo’laklar oldin ikki nuqta qo’yiladi
Majlisda qatnashdilar : G’ulom Karimov , O’ktam Temirov , Gulchehra Narzullayeva . 
9. Umumlashtiruvchi so’z va uyushiq bo’laklar yonma-yon(ketma-ket) qo’llanmasa , ikki nuqta uyushiq 
bo’laklardan oldin qo’llanadi
Hamma uchun to’rt narsa kerak : salomatlik , go’zal xulq , rostgo’yik , halol mahnat . Hammasi unga tanish tuyildi : 
ko’chalar , bog’lar , yo’llar . 

Download 377.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling