Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
36. Kiyimning yangisi yaxshi , do’stning eskisi yaxshi. 37. Ertasiga yana allaqanday bo’g’iqqina momaqaldiroq guldirab beozorgina yomg’ir savalab o’tdi, bo’liq tuproq hidi anqidi . 38. Quyosh tik ko’tarilgan , uning otashi yer yuzini yondirishga qasd qilgandek avjga mingan edi . 39. Uyning peshtoq shaklida qurilgan uchta tor-tor derazasi yerdan ancha baland ko’tarilgan , derazalarning xira oynalari quyosh nurida rang-barang tovlanardi . 40. Dalalarga allaqachon oqshom cho’kkan , osmonda yulduzlar miltillaydi . 41. Orzu bilan tirikdir odam , ishi bilan buyukdir odam . 42. Dugonalar ish bilan band bo’lishdi , suhbat negadir qovushmadi . 43. Yaxshidan ot qoladi , yomondan—dod . 44. Ko’klamning sayroqi qushlari tabiat ko’rinishlarini kuylamoqdalar , ko’m-ko’k ko’katlar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar . 45. Ko’p so’zning ozi yaxshi , oz so’zning o’zi yaxshi. 46. Eshik ochildi , ko’chada pochtalyon turardi . 47. Qo’rqitmay o’stirdim , botir bo’ldingiz . 48. Yerlarimizni qondirib sug’oraylik , hosil mo’l bo’ladi . 49. Siz borsiz , bu olam ko’rsatur jamol . 50. Yomg’ir ko’p yog’di , ko’katlar gurkirab o’sdi . 51. Bugun havo ochiq , yomg’ir yog’maydi . 52. Oftob so’ndi , ufqda qip-qizil shafaq yondi . 53. Shaharlar boqiydir , umr—o’tkinchi , Daryolar sobitdir , suvlar—ko’chkinchi . 54. Qishloq obod , mening ko’nglim shod . 55. Shamol orqadan esardi , unga qarab borishim qiyin emas edi . 56. Tashvish tortmanglar , men o’sha daftarga yozilgan gaplarni yod bilaman . 57. Angladim men , sendagi fikr , Senda bo’lgan qarashlar yangi . 58. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i . 59. Do’sting mingta bo’lsa ham oz , dushman bitta bo’lsa ham ko’p . 60. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra . (kollej) 61. Har kimni bilay desang , so’zini o’rgan , zotini bilay desang , qilig’ini o’rgan. 62. Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling , odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin ! 63. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi , yuragim gursullagancha o’rnimdan turib ketaman . 64.Tomlardagi bug’doylar boshoq chiqaradi , oralarida lolaqizg’aldoqlar qip-qizil bo’lib ochiladi . 65. To’rt tomoni hujralar bilan o’ralgan sahn o’rtasidagi sadaqayrag’och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib , ko’klamni olqishlaydilar , allaqayoqlardan qaldirg’ochlar o’qday otilib kelib , hovli ichiga kirib ketadi , chug’urlaydi , shiftga osilib uya soladi . 66. Olcha juda serob , avval tatib yenglar , keyin terasizlar . 67. Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir , iliksiz so’ngakka qo’l urilmaydi . 68. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir , mevasiz daraxtni kesib yondirgin . 69. Odamlarsiz yashama , odamlar orasida bo’l , Odamlar aybini ko’rma , o’z aybingni ko’r . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling