Harflar imlosi
IV. Ikki nuqtaning qo’llanilishi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
IV. Ikki nuqtaning qo’llanilishi
1. Uning otasi bir yilda bog’ni juda yashnatib yubordi : yangi daraxtlar ekdi , go’zal gulzorlar yaratdi , turli-tuman payvandlar qildi . 2. Bildi ota : foydasizdir qiynamoq . 3. Xushxabar olib keldim : garnizon yanchildi . 4. Osmonda na oy va na yulduz ko’rinardi : havo buzuq edi . 5. Axir shu qarorga keldilar : bolalarni buvimga topshiradigan va akam o’z bilan shaharga olib ketagigan bo’ldi . 6. Bugun havo ochiq : derazalarni lang ochib qo’ysa ham bo’ladi . 7. Dunay—ajoyib daryo : ba’zi daryolar kabi uning to’lqinlari bir-biriga mingashib chopmaydi , nortuyadek ko’piklar otib hayqirmaydi . 8. Botirali dushman yashiringan tomonga qaradi : xarsang tosh ustida taslim belgisi—tayoq uchiga ilingan oq ro’mol hilpirab turardi . 9. Suv keldi : giyoh bitmas cho’llar obod bo’ldi . 10. Hamza Hakimzoda Shohimardonda jamoat ishlarini kuchaytirib yubordi : u batrak va kambag’al dehqonlarni uyushtirib , qishloq xo’jalik artellarini tashkil qilishda ishtirok etdi . 11. Dam o’tmay keksa Chotqol yon bag’irlaridagi go’zal vohada oqshom o’z husni-jamolini namoyon etdi : shahar va qishloqlarda yulduzsimon elektr chiroqlari ko’zni qamashtirib porladi . 12. Arslonqul shunday bir qiziq harakat qildi : Dildor xoxolab kulib yubordi . 13. Biz istaymiz : barcha ellar , elatlar Bir-biri-la bo’lsin yana yaqinroq . 14. Yilimizning salmoqli ishi to’rt faslga tekis bo’linar : qish tayyorlar , bahor ekar , kuz yig’adi , yoz tarbiyalar . 15. Bizning tilagimiz shu : topshiriqlarni o’z vaqtida bajaraylik . 16. Bobo chanani o’z yerto’lasi tomonga tortib ketdi : uning yerto’lasi qishloqning o’rtasida edi . 17. Yo’lchi rastalarni aylandi : mol ham ko’p , pul ham ko’p , lekin bular boylarniki . 18. O’rdaklar birin-ketin suvga tushib , suzib ketgach , g’ozlar ham qo’zg’aldi : bo’yinlari uzun , semiz , kattakon g’ozlar lapanglaganlaricha suv tomon chopib ketdilar . 19. Bu gaplarga hech kim quloq solayotgani yo’q : har kim o’z xayoli bilan band edi . 20. Boshim butun : yaxshiligingizni unutmayman . 21. Birovga ayta ko’rmang : ikkovimiz ham baloga qolamiz . 22. Faqat bitta iltimos : bir bayt o’qiyman , shuni yaxshilab eshiting . 23. Tilmoch bitta-bitta qadam bosib , eshikka tomon borarkan , aylanib orqasiga qaradi: keng zal bo’m-bo’sh , xuddi yetimchadek ko’rinardi . 24. Xushxabar keldi : mehmonlar Toshkent aeroportidan uchishdi , bir soatdan keyin yetib kelishadi . 25. Bularni ko’rib hamma ishondi : Sobirjon bugun , albatta , g’alabaga erishadi . 26. Qayerdadir xo’roz qichqirdi : tong otishi yaqinlashgan . 27. Xalqimiz mehmondo’st : topgan-tutganini mehmonning oldiga qo’yadi . 28. Mehmonlarni yaxshi kutib olishga hamma narsa tayyor : mazmunli dastur ishlab chiqilgan , o’quvchilar puxta hozirlik ko’rishgan . 29. Tirqishdan mo’raladi : Asadbek tajang , Chuvrindi xonada u yoqdan bu yoqqa yurib turibdi… 30. Faxr bilan silkib qo’l , Derlar : tilaymiz oq yo’l . 31. Odamlar bor : boshiga ko’tarar ellar , Odamlar bor : sadqayi el ketsin . 32. Oltmishga kirib bildim : umrim bekorga o’tmabdi , odamlarga kerakli ekanman , hayotda iz qoldiribman . 33. Obidjon borib pechkaning ichiga qo’l tiqdi : nimanidir mahkam uchladi . 34. Men bu yil dehqonchilikdan hech narsa ololmadim : kuzgi bug’doyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola bulut paydo bo’lib , boshoqlari kuyib , qovjirab ketdi . 35. Xo’ja G’iyosiddin Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga go’zal taqlid qildi : o’tirganlar o’rinlaridan qo’zg’alolmay qoldilar . 36. Qosim mirob aytardi : agar qo’rqmasang , eng odamxo’r daryo ham hech nima qilolmaydi—suvning o’zi qirg’oqqa chiqarib qo’yadi . 37. Orzum shul: o’chmasin yongan chirog'ing. 38. Bizning qarormiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz, 39. Mening bir jaydari falsafamdir shu: hargiz iltimosga kuning qolmasin Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling