Harflar imlosi


Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish


Download 377.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana24.12.2022
Hajmi377.05 Kb.
#1058128
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Imlo qoidalari, tinish belgilari

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish
belgilarining qo’llanishi 
I. Vergulning qo’llanilishi. 
1. Ruboiyni ichida o’qidi, yuzini tabassum qopladi. 
2. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi. 
3. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab 
hovlisini supurdilar. 
4. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo’naymiz. 
5. Kuz keldi, yig’im-terim ishlari boshlandi. 
6. Yog’ib yubordi-da yomg’ir, nihoyat, osmon dil qulfini 
zaminga sochdi. 
7. Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. 
8. Siddiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. 
9. Sabr bila bog’liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko’p toyilur. 
10. Yaxshi o’g’il- el obro’si, yaxshi qiz-uy obro’si. 
11. Oyim endi o’rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. 
12. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 
13. Sir ko’p olam qa’rida, Mo’jizaga kon olam. 
14. Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer. 
15. Har kimga ozor bera ko’rma, dunyo barchaga barobardir. 
16. Yangi shahar ko’chalari quruq va toza, ilk bahor shamollari 
yoqimli esadi. 
17. Bahor keladi, daraxtlar barg yozadi, gullar ochiladi, gul 
atrofida bulbullar sayraydi 
18. Bir vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi. 
19. Sen o’g’limsan, xotining kelinim. 
20. Siz otam o’rniga otalik qildingiz, sizdan hech yomonlik 
ko’remadim. 
21. Bora-bora ularning ham ko’zi ochiladi, past-balandni ajratib 
olishadi. 
22. Qarg’a aslo kaklikka teng kelolmas, Arslongina kuchli fildan 
yengilmas. 
23. Yer tosh qotgan, qor moylanmagan aravaday g’ijirlaydi. 
24. Sultonmurod o’zini chetga olishga tirishdi, xalq to’lqini uni 
surib ketdi. 
25. Ko’zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz. 
26. Angladim men, sendagi fikr, Sendagi qarashlar yangi ekan. 
27. Lekin qiyinchilik tortamiz, busiz bo’lmaydi. 
28. Tashqarida bo’ron uvullaydi , shamolda chayqalgan daraxtlar 
vahimali shovullaydi. 
29. Izg’irindan ko’zlar yoshlanadi , oyoq ostida qor 
g’ichirlaydi… 
30. Kechasi shamol tindi , yo’l azobidan horigan kishilar qattiq 
uyquga ketdilar . 
31. Havo ochiq , quyoshning iliq nuri qirov bosgan marzalardan 
yengil bug’ ko’tarardi. 
32. Qishloqlar bir-biriga o’xshamaydi , hammasining o’ziga xos 
arxitekturasi bor . 
33. Oqshom tushgan , osmon yulduzlarga to’lib ketgan . 
34. Menga chiroq bermas edilar , sham sotib olishga pulim yo’q . 
35. Saodatxon darchani ochib yubordi , uyga muzday kuz havosi 
kirdi . 

Download 377.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling