Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Tirening qo’llanishi @Ona_tili_va_adabiyot_N1
VI. Ko’p nuqta
Ko’p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’zbekcha matnlarda uchraydi . 1876-yildan e’tiboran “Turkiston viloyatining gazeti”da muntazam qo’llangan . Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda ishlatiladi : 1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida . To’ra biroz o’ylab turgach , podshoning devordagi suratini , so’ngra o’zining yelkasidagi pogonni ko’rsatdi : —Mana shu imperiya… Miryoqub hech narsa anglamadi. (A. Cho’lpon) 2. So’zlovchining cheksiz his-hayajonini , beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun Do’xtir ayol og’iz berkitib piq-piq yig’ladi . —Men …men O’zbekistonda besh-olti yil ishlab edim ,—deya yig’ladi . Bechora xalq-a , bechora xalq-a … (T.Murod) Qish… Butun atrof oppoq libosda … 3. Matn yoki jumla qisqartirilsa —Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz—Xo’sh , xo’sh ? —Ilkimdan kelguncha...—deb boshlanar edi . —Ha- ha , bo’tam , lekin bu oyat emas , hazrat Navoiyning hikmatlaridur . (X.To’xtaboyev) 4. Fikr bo’lib-bo’lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa Muhammadniyoz yolg’iz : —Turkistonda birinchi m…m…artaba tia…t…t…tr , —dedi-da , fikrga toldi . (A.Cho’lpon) 5. Suhbatdoshning gapi javobsiz qoldirilsa —Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman . Tushundingizmi? —… —Tushundingizmi , deyapman ? (X.Sultonov) 6. Tushirilib qoldirilgan harf , raqam , so’z kabilar o’rnida Niqtalar o’rniga kerakli harflarni qo’yib ko’chirib yozing . Xayri..oh , a…loq , …abar , xatti-…arakat VII. Tirening qo’llanishi @Ona_tili_va_adabiyot_N1 Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan . U o’zbek yozuvida XIX asrning 70- yillaridan boshlab ishlatila boshlangan . Tire quyidagi o’rinlarda qo’llanadi : 1. Diologlardagi har bir gapning boshida —Amaki , o’ylab gapiryapsizmi ? Qancha yo’l yurib kelganimizni bilasizmi ? —Bilmayman . Qayerdan kelganingizning menga farqi yo’q . —Siz tabibmi o’zi ? —Odamlar shunaqa deyishadi . Olloh istasa , men bir vositachi bo’laman-u , dardmanga shifo yetadi . Bo’lmasa yo’q . 2. Bog’lamasiz qo’llangan ot kesim bilan ega orasida Til—millatning qalbi . Yer—don , dehqon—xazinabon . Mehnating—boyliging . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling