Diqqat !!! Ot kesim sifat , tartib son , ravish bilan ifodalansa yoki ega va ot kesim orasida ham yordamchisi
qo’llansa , ular orasida tire qo’llanmaydi!
3. Uyushiq bo’laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin
O’zbek , qirg’iz , qozoq , turkman , tojik—barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz .
4. Ko’chirma gap va muallif gapi orasida
“Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir” ,—deb yozgan edi L.N.Tolstoy .
5. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so’ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida
1996-yil , 26-avgustda ta’sis etildi:
—“Amir Temur” ordeni ;
—“Buyuk xizmatlar uchun” ordeni .
6. Ayrim so’z yoki gaplar izohlansa , ular orasida
O’zbekiston Milliy sug’urta kompaniyasi—“O’zbekinvest” .
Veksel—qimmatbaho qog’oz , pul qarz olganlik haqidagi tilxat , qarz hujjatidir.
7. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa
Olamni quyosh yoritadi , insonni—ilm . Yaxshidan bog’ qolar , yomondan—dog’ .
8. Qismlari orasida zidlash , shart(payt) , o’xshatish , natija munosabati ifodalangan bog’lovchisiz qo’shma
gaplarda
Biroz qor yog’di—havo sovimadi . Men tirikman—o’lja bo’lmaydi otim. Vaqting ketdi—baxting ketdi . Suv
keldi—giyoh bitmas cho’llar obod bo’ldi .
9. Kiritmalar va ajratilgan bo’laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo’laklardan ajratilishi
mumkin
Biz—yoshlar—millatning tayanchi , Vatanning ishongan tog’larimiz .
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasida—bir paytlar bu yerdan turib ulug’ bobomiz osmon ilmini o’rgangan edi—
katta ko’lamda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi .
10. Tenglik , taqqoslash , chog’ishtirish , qiyoslash kabi manolarni bildiruvchi so’zlar orasida
Toshkent—Andijon avtomobil yo’li ta’mirdan chiqarilmoqda
11. Nashr , kitobot ishlarida
Sultonov X. Onamning yurti . Qissa va hikoyalar. —T.: “Adabiyot va san’at nashriyoti” , 1987.
12. Bo’g’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida kutilmaganlik munosabati ifodalansa
Men darrov idoraga yugurdim—yo’qsiz . Tez yetib borishimiz kerak—shu .
Do'stlaringiz bilan baham: |