Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Undov belgisi
III. So’roq belgisi
So’roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio—so’roq so’ziga taqaydilar . So’roq ma’nosida mazkur so’zning birinchi harfi “q” ishlatila boshlangan , keyinchalik uning shakli biroz o’zgarib , hozirgi holatga (?) kelib qolgan . O’zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi . 1900-yildan so’ng muntazam ishlatila boshlangan . So’roq belgisi quyidagi o’rinlarda ishlatiladi : 1. So’roq gaplarning oxirida . Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi ? Navoiyning tilshunoslikka bag’ishlangan qanday asari bor ? Vazifani bajarib bo’ldim.(darak gap) Vazifani bajarib bo’ldim ? (so’roq gap , ohang o’zgargan) Vazifani bajarib bo’ldim ! (undov gap) 2. Kim ? nima ? qayer ? qanday ? qanaqa ? qaysi ? qancha ? nechanchi ? qachon ? kabi so’roq ma’nosidagi so’z sifatida qaralgan so’roq olmoshlaridan so’ng . Gap egasi kim? nima? qayer ? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi . 3. Gap yoki matn ichidagi birorta so’z yoki jumla mujmal , noaniq , tushunarsiz , xato bo’lsa , undan so’ng qavs ichida “Toping!” ma’nosida so’roq belgisi qo’yiladi . Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” qissasida(?) o’zbek xalqining yaqin o’tmishi haqida hikoya qilinadi . IV. Undov belgisi Undov belgisi o’zbek tiliga rus tilidan o’tgan . Mutaxassislarning fikricha , u lotincha lo—undov so’zidan kelib chiqqan bo’lib , unga nuqta (.) ning qo’shilishidan hosil bo’lgan . Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi : 1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so’ng . Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oldi. —Ana tuproq , mana tuproq !—deydi. —Bo’rsildoq tuproq , mag’izdor tuproq , hosildor tuproq . Tuproqmisan- tuproq ! (Tog’ay Murod) 2. Buyurish , yalinish , istak , xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida undov belgisi qo’yilishi mumkin . “Siz ham oyoqni ishlating!—deb buyurdi Nizom .—Suv ostida o’pqonlar ko’p . Tortib ketmasin !” (P.Qodirov) 3. Gap boshida kelib , kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so’ng . Ey arslonlar arsloni ! Mening yozuqlarimdan o’t , mening qo’limni tut , belimni bog’la , muqaddas fotihangni ber ! (A.Fitrat) 4. Ha , yo’q , xo’p , uzr , mayli , xayr , salom , balli , rahmat , ofarin , qulluq , obbo kabi so’z-gaplar his-hayajon bilan aytilsa , ulardan so’ng undov belgisi qo’yiladi . Balli-balli !—dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi . (A.Qodiriy) Yo’q ! Borolmayman ,—dedi qayrilib . 5. Matn ichida alohida ta’kidlangan , ajratib ko’rsatilgan so’zlardan keyin qavs ichida undov belgisi qo’yiladi . “Boburnoma”da tarix , etnografiya , til , adabiyot , geografiya , biologiya , botanika , hatto tabobatga (!) oid g’oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin . 6. Aytilishi lozim bo’lgan fikr o’ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa ketma-ket ikkita , uchta undov belgisi qo’yilishi mumkin . Charos kafti bilan yuzini to’sgancha orqaga tashlandi. —A-a-a!!!—dedi chinqirib . (O’.Hoshimov) —Chiqar buni , jallod !!! Jallodlar harakatlandilar . —Xanjarimiz qonsirag’an ! (A.Qodiriy) 7. His-hayajon bilan aytilgan so’roq , shuningdek ritorik so’roq gaplardan so’ng ham undov belgisi qo’yilishi mumkin . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling