Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Nuqtaning qo’llanishi Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so'zdan ajratib ko'chirmaydi. PUNKTUATSIYA Tinish belgilari va ularning qo’llanishi bilan bog’liq qonun-qoidalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi punktuatsiya sanaladi . Punktuatsiya , orfografiya(imlo) va grafika nutqning faqatgina yozma shakliga xos hodisa hisoblanadi . I. Nuqtaning qo’llanishi Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi . U o’zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlagan . Nuqta o’zbek tilida , odatda , quyidagi o’rinlarda ishlatiladi : 1. His-hayajonsiz aytilgan darak , buyruq , istak gaplardan so’ng Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda . O’zingga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rma . Farzandlarimiz doimo sog’lom bo’lsin . Alisher tezroq kelsa edi . 2. Atov gaplardan keyin Ilk bahor . Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla . 3. Ism , ota ismi , familiya , taxallus kabilar qisqartirilganda , ularning birinchi harfidan so’ng M.Behbudiy , A.Fitrat , A.Cho’lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir . A.S.Pushkin—rus poeziyasining quyoshi . 4. Nashriyot ishlarida , lug’at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so’zlarning birinchi harfi yoki bo’g’inidan so’ng va sh.k. (va shu kabilar) ; s.t. (so’zlashuv tilida) ; G’.G’. (G’afur G’ulom) ; Nav. (Navoiy) ; Toshk. (Toshkent) ; “O’qituvchi” nashr. (“O’qituvchi” nashriyoti) ; 1995-y. (1995-yil) . 5. Qo’shma gaplarning birinchi qismidan so’ng kuchli to’xtam bo’lsa , mantiqan biri ikkinchisiga bog’lanmagan qo’shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi . Bunday hollarda ikkinchi gap ammo , lekin , biroq , chunki , shuning uchun kabi bog’lovchi vositalar bilan boshlanishi mumkin . Bobodehqon yerga baraka urug’i ekish bilan band . Chunki dalalarda ish qizg’in . Unga bir necha bor qo’ng’iroq qildim . Ammo hech kim javob bermadi . 6. Ba’zi hollarda yil , oy , kunni ifodalovchi raqamlardan keyin ham nuqta qo’yiladi 25.05.2013. (25-may , 2013-yil) 7. Butunning qismlarini , to’plamning tasniflarini sanash uchun qo’llanilgan arab raqamlaridan so’ng ham nuqta ishlatilishi mumkin . Nutq tovushlari quyidagi turlarga bo’linadi : 1. Unli tovushlar ; 2. Undosh tovushlar . Qo’shma gaplar bog’lovchi vositalarga ko’ra uch turli bo’ladi : 1. Bog’langan qo’shma gaplar ; 2. Ergashgan qo’shma gaplar ; 3. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar . 8. Birinchi qismida so’roq , undov , ko’p nuqta , nuqta belgilar bo’lgan ko’chirma gapdan keyin qo’llangan muallif gapidan so’ng nuqta qo’yiladi(vergul emas!) “Senlarni kim chaqirdi ?—so’radi Fozil .—Nega jimsizlar ?” “Atrof naqadar go’zal !—shivirladi Mas’ud . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling