Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Kimdir seni kutsa , kimnidir sen ham sog’insang , qanday baxt bu ! (O’.Hoshimov) Bu qanday bedodlik , bu qanday zulm !! V. Qavsning qo’llanishi Qavs o’zbek yozuvida XIX asr oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan . Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti”da 1873-yilda ishlatilgan . Qavs quyidagi o’rinlarda qo’llanadi : 1. Kiritma gaplar qavsga olinadi O’zbekiston paxta ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy , AQSH , Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o’rinda turadi) , eskport bo’yicha AQSHdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi . 2. Dramatik asarlardagi remarkalar qavsga olinadi Xon (yolg’iz) . Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (turib yuradur) Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur . (A.Fitrat) 3. Olingan misollar yoki gaplarning manbasi qavsga olinadi Ilm insonlarning madori , hayoti , rahbari , najotidur . (A.Avloniy) Jannat onalar oyog’i ostidadur . (Hadisdan) “Qasosli dunyo” . (“Avlodlar dovoni” romanidan) 4. Izoh ma’nosidagi so’z yoki so’z birikmalari qavsga olinadi Ro’za hayiti(Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) O’zbekiston Respublikasi hududidada dam olish kuni deb belgilangan . Demokratiya yunoncha so’z bo’lib , tarjimada xalq hokimiyati (demos—xalq , kratos—hokimiyat ) ma’nosini bildiradi . 5. Shaxs , o’jin-joy , asar , voqea-hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa , ulardan biri qavsga olinadi “Qutadg’u bilig”(“Baxt keltiruvchi bilim”) hijriy 462 , milodiy 1069-70-yillarda yozilgan . Shuhrat (G’ulom Olimov) atoqli o’zbek yozuvchilaridan biridir . Diqqat!!! Qavsdan matematikada ham keng foydalaniladi . (57+38) – 17 = ? [ ] ko’rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko’p uchraydi . Masalan , egalik qo’shimchasi qo’shilganda shah[a]ri , o’r[i]ni , sing[i]lisi so’zlaridagi “a” , “i” unlilari qoidaga ko’ra tushirib qoldiriladi . 6. Butunning bo’laklarini , to’plamning tarkibiy qismlarini punktual ravishda sanash uchun yarim qavsdan foydalaniladi O’zbek tilida quyidagi nutq uslublari mavjud : 1) so’zlashuv uslubi ; 2) badiiy uslub; 3) ilmiy uslub ; 4) rasmiy uslub ; 5) publitsistik uslub . So’zlashuv uslubining ikki shakli mavjud : a) oddiy so’zlashuv uslubi ; b) adabiy so’zlashuv uslubi . Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling