Harflar imlosi


II. Nuqtali vergulning qo’llanilishi


Download 377.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana24.12.2022
Hajmi377.05 Kb.
#1058128
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Imlo qoidalari, tinish belgilari

 II. Nuqtali vergulning qo’llanilishi 
1. Ahmadjon pulemyotdan bir sidra o’q yog’dirdi ; dushman 
pulemyoti jim bo’lib qoldi . 
2. Novcha teraklar ustida oyning kumush parchasi suzadi ; 
shamol novda-nihollarni tebratadi . 
3. Biz yashayotgan bu yerda quyosh sokin , iliq nur sochadi ; 
daraxt barglari orom bag’ishlab shitirlashadi . 
4. Qushlarning sho’xlik bilan sayrashlari mayin , yoqimli va 
mungli bu ovozni bosolmaydi ; daraxtlarning shitirlagan ovozi 
qulog’imga yozning xayrlashuv qo’shig’idek eshitilardi . 
5. Pag’a-pag’a mayin qor osmondan quyilib turardi ; shamolning 
sekin , bo’g’iq guvullashi eshitilardi . 
6. Kamtar bo’lsang , obro’ ortar ; gerdaysang ; ensa qotar . 
7. Ko’m-ko’k yopiqli uzun stol ustida sud a’zolaridan birining 
ko’zoynak qutichasi qolib ketgan ; zal o’rtasidagi og’zi ochiq 
pechdan o’tinning charsillab yongani eshitiladi . 
8. Qish oxirlamoqda , qorlar erigan , hamma joyda loygarchilik ; 
yo’lda arava tugul , piyoda ham zo’rg’a , qo’rqa-pisa qadam 
bosadi . 
9. U biladi , ishonadi ; singlisi o’zi ko’rmasa yoki aniq bilmasa , 
uydurma-yu , mish-mishlarga ishonadigan anoyi emas . 
10. Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib , vaziyatni tushuntirdi 
; isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish 
kerakligini talab qildi . 
11. Xotin uzoq yig’ladi , eriga qattiq gapirganiga pushaymon 
bo’ldi , o’zini qarg’adi , o’lim tiladi ; yig’idan tolib tashqariga 
chiqdi . 
12. Ish kuchini elga berma , yerga ber ; jamg’armani selga berma 
, elga ber . 
13. Yaxshini yomon dema , olising bo’lsa ham ; Yomonni yaxshi 
dema , yaqining bo’lsa ham . 
14. Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qildi ; 
o’quvchining ko’z oldida odamning havasi keladigan , har 
qanday kishining muhabbatini o’ziga qaratadigan , har qancha 
izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o’zining jafokashligi , 
g’ayrati , farosati , el-yurt uchun qayg’urishi bilan sazovor 
bo’lgan bir chol keladi . 
15. Hayhotday hovli fayzsiz ; daraxtlar ostini o’t-o’lan bosgan , 
hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik qarg’a loqayd 
kezib yuribdi . 
16. Zunnunxo’ja Siddiqxo’janing tarafini olgan bo’lib , 
kampirga qarab kovush otdi ; Siddiqjonga nimadir demoqchi
bo’lib og’iz ochgan qizini bir tarsaki urdi , so’ngra Siddiqjondan 
o’pkalab mayin tovush bilan gap boshladi . 
17. Xadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non 
tugib berdi, peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib o’zi 
kuzatgani chiqmadi. 
18. Kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir 
savat paxtasi bilan chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyiga 
kirib ketdi. 
19. Istiqlol davri bolalari g’ayratli, shijoatli; ko’zida chaqini, 
ko’ksida yolqini bor. 
20. Qobil bobo , yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og’il 
eshigi yonida turib, dag’-dag’ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib 
ketadi; ko’zlari javdiraydi, hech kimni ko’rmaydi. 
21. U yo’g’on gavdali, yakkam-dukkam, qizg’ish mo’ylovli; 
keng qoramtir yuzining yonoqlari bo’rtgan; kunlar isib ketgan 
bo’lsa ham, uning egnida qo’pol eski po’stini, boshida qunduzi 
qalin katta bo’rk. 
22. Kitob ajoyib bog’ga o’xshaydi; u kishiga doimo zavq beradi. 
23. Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar 
edi. 
24. Qushlarning sho’xlik bilan sayrashlari mayin, yoqimli, 
mungli bu ovozni bosa olmaydi; daraxtlarning shitirlagan ovozi 
dimog’imga yozning xayrlashuv qo’shig’idek eshitilar edi. 
25. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; 
yo’lda arava tugul, piyoda ham qo’rqa-pisa yuradi 

Download 377.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling