Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Download 1.97 Mb.
bet10/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

Sezgi organlari

  • Hasharotlarning turli sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Ularning tuyg‘u, hid sezish, ta’m bilish, ko‘rish va eshitish organlari bor. Bu organlarning sezish xususiyati retseptorlar deyiladi. Nerv sezgi birliklari – sensillalari sezgi organlari negizini tashkil etadi. Sensillalar ta’sirni qabul qilish xususiyatiga qarab turlicha tuzilgan. Ayrim hollarda sensillalar teri ustidagi tukchalar va qilchalar tarzida uchraydi, ba’zan esa terining gipoderma hujayralaridan iborat bo‘ladi va mexanik ta’sirni qabul qiladi. Ularga tuyg‘u retseptorlari va sezgi strukturalari kiradi. Tuyg‘u retseptorlari hasharotlar tanasining hamma joyida, oddiy sensillalar sezgi tukchalari tarzida bo‘ladi va ular gipoderma hujayralaridan iborat. Ularning sirti yupqa kutikula bilan qoplangan, ostki tomoni esa asab tomirlari bilan o‘ralgan. Tuyg‘u organlari haroratni, mexanik ta’sirni, og‘riqni sezadi. Tuyg‘u organlari ayrim sensillalar yoki ularning guruhlari tarzida ostki jag‘ va ostki lab paypaslagichlarida, mo‘ylovlarda, dum o‘simtalarida, qanotlar, oyoqlarda va tananing boshqa qismlarida joylashadi.

Eshitish organlari teri ustiga bo‘rtib chiqmay, kutikula ostida yotadigan bez xususiyatdagi gipoderma hujayralardir. Bu hujayralar ichida asab uchining hujayradan chiqqan moddalar bilan o‘ralgan sezgi tayoqchasi bo‘ladi. Eshitish organlari kamdan kam turlarga oid bo‘lib, ko‘p hasharotlar eshitmaydi. Hasharotlarning eshitish organlari xordotonal va timpanal organlarga bo‘linadi. Xordotonal organlar tananing har xil qismlarida, ko‘pincha mo‘ylovlarda joylashgan.

  • Eshitish organlari teri ustiga bo‘rtib chiqmay, kutikula ostida yotadigan bez xususiyatdagi gipoderma hujayralardir. Bu hujayralar ichida asab uchining hujayradan chiqqan moddalar bilan o‘ralgan sezgi tayoqchasi bo‘ladi. Eshitish organlari kamdan kam turlarga oid bo‘lib, ko‘p hasharotlar eshitmaydi. Hasharotlarning eshitish organlari xordotonal va timpanal organlarga bo‘linadi. Xordotonal organlar tananing har xil qismlarida, ko‘pincha mo‘ylovlarda joylashgan.
  • Xordotonal organ sensillalardagi sezgi tayoqchalari bilan tugallanadigan asabdan va kutikulaning yupqa qismidan iborat.
  • Tovush to‘lqinlari yupqa kutikulaga urilib, sezuvchi hujayralarni tebratadi.
  • Sezuvchi hujayralar esa tebranishni asablarga yetkazadi, xordotonal organlar kutikulasi nog‘ora vazifasini bajaradi. Timpanal organlar sikadalarda, chigirtkasimonlarda uchraydi, ular oldingi oyoqlar boldirida, sikadalarda esa qorinning birinchi segmentida joylashgan.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling