Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Download 1.97 Mb.
bet11/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

Chigirtkalarning timpanal organlari qorin terisining boshqa qismlaridan aniq ajrab turadigan, muskullar yordamida bir necha bo‘lakka bo‘linadigan va xitin ramkaga tarang tortilgan yupqa pardadir. Tovush to‘lqini, xuddi nog‘ora pardaga urilgan singari timpanal organ sirtiga uriladi va uning tepa organga beriladigan tebranishi asablar orqali asab zanjirining uchinchi ko‘krak tuguniga o‘tadi. Qora chigirtkaning timpanal organi murakkab tuzilgan bo‘lib, har qaysi boldirda tirqishsimon 2 ta teshik bo‘ladi. Ular tashqaridan teri parda bilan qoplangan bo‘shliqqa ochiladi. Boldirdagi bo‘shliq orasidan nog‘ora parda rolini o‘ynaydigan terisimon qavat bilan qoplangan ikkita yirik traxeya o‘tadi, bular rezonator o‘rnini bosadi. Timpanal organ traxeyaning oldingi devorida joylashgan.

  • Chigirtkalarning timpanal organlari qorin terisining boshqa qismlaridan aniq ajrab turadigan, muskullar yordamida bir necha bo‘lakka bo‘linadigan va xitin ramkaga tarang tortilgan yupqa pardadir. Tovush to‘lqini, xuddi nog‘ora pardaga urilgan singari timpanal organ sirtiga uriladi va uning tepa organga beriladigan tebranishi asablar orqali asab zanjirining uchinchi ko‘krak tuguniga o‘tadi. Qora chigirtkaning timpanal organi murakkab tuzilgan bo‘lib, har qaysi boldirda tirqishsimon 2 ta teshik bo‘ladi. Ular tashqaridan teri parda bilan qoplangan bo‘shliqqa ochiladi. Boldirdagi bo‘shliq orasidan nog‘ora parda rolini o‘ynaydigan terisimon qavat bilan qoplangan ikkita yirik traxeya o‘tadi, bular rezonator o‘rnini bosadi. Timpanal organ traxeyaning oldingi devorida joylashgan.
  • Saratonlarda eshitish organlari bilan tovush chiqarish organlari bir joyda – qorinning negizida joylashgan. Hasharotlar cheklangan diapazondagi tovushni eshitadi va o‘zi chiqaradigan tovush to‘lqiniga mos keladigan to‘lqinlarni qabul qiladi.

Kimyoviy sezgilar, bular hid va ta’m bilish organlari bo‘lib, ular xemoretseptorlar deyiladi.

  • Kimyoviy sezgilar, bular hid va ta’m bilish organlari bo‘lib, ular xemoretseptorlar deyiladi.
  • Hid bilish organlari ma’lum sensillalarda yoki ko‘pincha mo‘ylovlarda joylashadi. Ularning miqdori bir nechtadan bir necha minggacha bo‘ladi. Ayrim hollarda sensillalar ma’lum chuqurchada joylashadi, masalan, pashshalarda hid bilish organi uchinchi bo‘g‘imda bo‘ladi. Hid bilish organi hasharotlarda oziq qidirish, jinsini topish, inini topish va boshqa vazifalarni bajaradi. Masalan, chumolilar o‘zi ochgan yo‘lda oziqqa qarab boradi. Asalarilar yo‘lida maxsus suyuqlik chiqarib yo‘lni topadi, ayrim urg‘ochi hasharotlar chiqargan jinsiy moddalar hidini erkak hasharotlar 20 va undan ortiq kilometr masofadan ham sezishi mumkin. Hid bilish organi kontakt va masofadan turib hid bilish organlariga bo‘linadi. Kontakt hid bilishda ular mo‘ylovlari bilan paypaslab ko‘radi, ikkinchisida esa chuqurchalar va sensillali maydonchalar orqali o‘tadi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling