Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Barcha shahar va tumanlar
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Turizm va sport bosh boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, Madaniy meros boshqarmasi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Kinematografiya agentligining viloyat boʻlimi
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Mavjud emas.
Toshkent viloyati hokimligi turizm, sport, madaniyat, madaniy meros, va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi;
viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va kotibiyat mudiri rahbarligida kotibiyatning umumiy faoliyatida ishtirok etadi, kotibiyat vakolatiga kiradigan vazifalar ijrosi yuzasidan belgilangan tegishli chora-tadbirlar
ijrosini taʼminlaydi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va kotibiyat mudiri topshiriqlariga muvofiq ishlarni tashkil qiladi, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini belgilangan
tartibda viza qoʻyish uchun viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritadi. Hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularni tegishli bandlarining bajarilishini taʼminlaydi;
vazifalar taqsimotini, shuningdek kotibiyat ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va kotibiyat mudiriga tasdiqlash uchun kiritadi;
viloyat hokimi yoki uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yigʻilishlarda
viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshirigʻiga muvofiq qatnashadi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularni belgilangan tartibda kelishishini taʼminlash
maqsadida viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritadi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va kotibiyat mudiriga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, tegishli tarmoq va sohalar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi
yuzasidan tahliliy materiallarni viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va kotibiyat mudiriga kiritadi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganadi, ular
faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
viloyat hokimligining tegishli boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi;
kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling