Sanitariya nazorati to’g’risida
Download 40.28 Kb.
|
Davlat sanitariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
- DAVLAT SANITARIYA NAZORATI TO‘G‘RISIDA
Mavzu: “Sanitariya nazorati to’g’risida”gi qonun bandlarini o’rganish. Reja: Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati nima ? Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi qonunlar bo’limlari. Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi qonunlar. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati (OʻzRda) - davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradigan tibbiy-profilaktik muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 93-moddasi 21-bandiga muvofiq tashkil etiladigan Davlat nazorati tashkilotlari turkumiga kiradi. Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamentiga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida"gi qonunga (1992 y. 3 iyul) asosan D.s.e.n. sanitariya qonunlari, qoida va meʼyorlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan. Hozirda respublika, viloyat, tuman va shahar D.s.e.n. markazlari faoliyat koʻrsatadi. Respublika Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tizimida ham D.s.e.n. mavjud. D.s.e.n. markazlari maʼmuriy hududlarda sanitariyaga oid va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarining oʻtkazilishini taʼminlaydi, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar davlat, qoʻshma, jamoa va xususiy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar hamda yakka tartibda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilinishi ustidan D.s.e.n.ni amalga oshiradi va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tegishli takliflarni tayyorlaydi. DAVLAT SANITARIYA NAZORATI TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Ushbu Qonun sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, odamning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini hamda u bilan bog‘liq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlaydi. Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlarini buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyatidir. Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi qonun VI bo’lim 32 ta moddadan iborat ular quydagilar: Download 40.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling