Hujjatlarning ekspertizasi


Texnikaviy hujjatlarning me’yoriy nazoratini axamiyati


Download 1.11 Mb.
bet7/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

1.2. Texnikaviy hujjatlarning me’yoriy nazoratini axamiyati
1.2.1. Texnikaviy hujjatlarning me’yoriy nazorati to‘g‘risida tushuncha
Me’yoriy nazorat loyihalashtirish bosqichida standartlar va texnik shartlarni joriy qilishning yo‘llaridan biri, ya’ni loyihalashtirish va konstruksiyalashning, shuningdek korxonada standartlashtirish va bir xillashtirish (unifikatsiyalash) bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Me’yoriy nazorat faqatgina chizmalarni yaratish va shakl berish sifatining yaxshilanishiga ko‘maklashib qolmasdan, mashina detallari va qismlarini standartlashtirish, birxillashtirish (unifikatsiyalash) va seriyalashtirish darajasini, ularning o‘zaro almashinuvchanligini oshiradi, ularning og‘irligini va solishtirma material sarfini kamaytiradi, shuningdek materiallarning markalari va sortamentini qisqartiradi, bularning barchasi sifatning ortishiga, mehnat sarfining va mashinasozlik mahsulotlari tannarxining kamayishiga olib keladi.
Me’yoriy nazoratni o‘tkazish quyidagilarga yo‘naltirilishi lozim:
a) ishlab chiqilayotgan mahsulotlarda davlat, tarmoq, respublika standartlari va korxonalarning standartlarida o‘rnatilgan me’yorlar va talablarga rioya qilinishi;
b) konstruktorlik hujjatlarining yagona kostruktorlik hujjatlari tizimi standartlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri bajarilishi;
v) ishlab chiqilayotgan mahsulotlarda ilgari loyihalangan, ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan va standartlashtirilgan mahsulotlar, tiplashgan konstruktorlik echimlari va ishlanmalaridan keng foydalanish asosida standartlashtirish va unifikatsiyalashning yuqori darajasiga erishish;
g) standartlashtirilgan buyumlar, konstruktiv me’yorlar (rezbalar, diametrlar, shlitsali birikishlar, tishli g‘ildiraklarning modullari, yo‘l qo‘yilishlar va chiqishlar, konusliklar va mashina detallarining boshqa elementlarining), materiallarning markalari, prokatning profillari va o‘lchamlari va hokazolarga o‘rnatilgan cheklaydigan nomenklaturalardan samarali foydalanish.
Me’yoriy nazoratga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlariga ishlab chiqilgan konstruktorlik hujjatlari – ko‘rsatilgan hujjatlarni ishlab chiqqan bo‘linmalarning bo‘ysunishi va xizmat funksiyalaridan qat’iy nazar – tortiladi.
“Me’yoriy nazorat” atamasi standartlarda belgilab qo‘yilgan me’yorlar va talablarga amal qilishni, nazorat qilishni anglatadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling