Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya
Huquqiy tarbiyani olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Download 45.57 Kb.
|
Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixolo (1)
Huquqiy tarbiyani olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng bizning hayotimiz hamma sohasida chuqur o’zgarishlari amalga oshirildi. Bu o’zgarishlar butun ta’lim mazmunini qayta tashkil etishni, ta’lim muassasalari faoliyatini, maqsad va vazifalarini hamda ularni boshqarishni o’zgartirishni talab etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “O’zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo’li” kitobida “...yakuniy maqsad kuchli demokratik davlat va ochiq tashqi siyosatli fuqarolik jamiyati qurish bo’lishi kerak. Faqat ana shunday jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib hayotini, uning huquq va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyatni tiklanishini, insonning shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy rivojlanishini ta’minlashi mumkin”. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish huquqiy bilimlarni egallash orqali amalga oshiriladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yilda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”77va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2001 yil 4 yanvarda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishining ahamiyati nechog’li yuksak ekanini e’tirof etish o’rinlidir. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy bilimlrni egallash orqali vujudga kelar ekan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishga qaratilgan mavzularni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, kasbiy sohalarga yo’naltirib o’qitish samarali natija beradi. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo’yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud. Texnologiya – bu biron-bir ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan uslublar to’plamidir. Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir. Pedagogik texnologiya – bu o’qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir. Pedagogik texnologiya – bu o’qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to’plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko’rsatmalar yig’indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo’yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olib o’qitish va bilimlar o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YuNESKO). Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to’plami, holatini o’zgartirishdir. O’qitish texnologiyasi - bu o’quvchilar va o’qituvchilar uchun so’zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo’yicha har tomonlama o’ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir. Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o’zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir. Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to’plami va ishlatilishi tartibini bildiradi. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o’qituvchi va o’quvchining faoliyatini sistemali, kontseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir. Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashshni taxlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g’oyalar, vositalarni o’z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH assotsiatsiyasi). Bugungi kunda ta’lim texnologiyalari keng turlarini o’rganmay turib pedagogik bilimli mutaxassis bo’lish mumkin emas. Bunday bo’lishining sababi, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir katorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Download 45.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling