I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Nega  opek  neftning  yuqori  narxini  ushlab  turishda  muvaffaqiyatsizlikka


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana26.01.2018
Hajmi3.43 Mb.
#25333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43

Nega  opek  neftning  yuqori  narxini  ushlab  turishda  muvaffaqiyatsizlikka 

uchradi? 

O`tgan  bir  necha  o`n  yillik  mobaynida  jahon  iqtisodiyoti  uchun  eng  ko`p 

putur  yetkazadigan  hodisalar  neft  bozorida  vujudga  kelmoqda.  1970-yilda  neft 

eksport  qiluvchi  davlatlar  tashkiloti  (OPEK)  a’zolari  daromadni  ko`paytirish 

maqsadida  neftning  jahon  narxini  oshirishga  qaror  qilishdi.  Bu  maqsadga  ular 

birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha 

neftning narxi 50 % dan yuqoriroqqa ko`tarildi. Bir necha yildan so`ng, OPEK bu 

ishni  yana  bir  amalga  oshirdi.  1979-yildan  1981-yilgacha  neft  narxi  qariyb  ikka 

barobar ko`tarildi.  

Biroq  OPEK  yuqori  narxni  ushlab  turishni  qiyin  deb  topdi.1982-yildan 

1985-yilgacha  neftning  narxi  yiliga  10%  dan  pasaydi.  Tez  orada  esa  OPEK 

davlatlari  o`rtasida  qoniqmaslik  va  tartibsizlik  keng  yoyildi.  1986-yilda  OPEK 

a’zolari  o`rtasidagi  hamkorlik  butunlay  sindi  va  neftning  narxi  45%  ga  keskin 

pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda 

uning  narxi  deyarli  o`zgarmadi(  XXI  asrning  1-o`n  yilligida  neftning  narxi  yana 

oshdi,  lekin  OPEK  uni  kamaytirganidan  emas,  balki  neftga  bo`lgan  talab 

oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko`tarilayotganidan). 

1970-1980-yillardagi  OPEK  hodisasi  qisqa  muddatda  va  uzoq  muddatda 

talab  va  taklif qanday  harakatlanishini ko`rsatadi. Qisqa  muddatda neftga  bo`lgan 

talab  va  taklif  nisbatan  elastik  emas.  Taklif  elastik  emas,  chunki  ma’lum  neft 

zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o`zgarmaydi. Talab ham elastik emas, 

chunki  sotib  olish  narxdagi  o`zgarishlarga  tez  javob  qaytarmaydi.  Demak,  8-

chizmada  ko`rsatilganidek,  qisqa  muddatdagi  taklif  talab  tik  qiya  holda  turadi. 

Taklif S


1

 dan S


ga o`zgarganda, P

1

dan P


2

 ga narxning ko`tarilishi katta bo`ladi. 

Uzoq  muddatda  vaziyat  ancha  farqlidir.  Uzoq  vaqt  mobaynida,  OPEK  dan 

tashqari  neft  ishlab  chiqaruvchilar  yuqori  narxlarga  javoban  neft  tadqiqotlarini 

ko`paytiradilar  va  ishlab  chiqarishning  yangi  kuchlarini  barpo  etishadi. 

Istemolchilar  esa  tejashga  harakat  qilishadi,  masalan  eski  samarasiz  mashinani 

yangisiga  almashtirishadi.  Demak,  8-chizmada  ko`rsatilganidek,  uzoq  muddatli 


 

75 


talab  va  taklif  egri  chizig`ielastik  hisoblanadi.  Uzoq  muddatda  taklif  egri 

chizig`ining S

dan S


2

 ga o`zgarishi narxning ozgina ko`tarilishiga sabab bo`ladi. 

 

 

Bu  tahlil  nega  faqatgina  qisqa  vaqt  mobaynida  OPEK  neftning  yuqori 



narxini  ushlab  turishga  erishganini  ko`rsatadi.  OPEK  mamlakatlari  neft  ishlab 

chiqarishni  qisqartirishga  kelishishganda,  ular  taklif  egri  chizig`ini  chap  tomonga 

surishdi.  OPEK  mamlakatlarining  har  bir  kam  neft  sotganligiga  qaramasdan,  ular 

narxni  ko`tarib  daromadlarini  ham  qisqa  vaqtda  oshirishdi.  Uzoq  muddatda  esa, 

talab  va taklif elastik  bo`lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig  egri chizig`ini 

gorizontal  tomonga  surdi  va  narxda  biroz  o`sish  kuzatildi.  Shunday  qilib,  uzoq 

muddatda  taklifni  qisqartirish  kamroq  foyda  keltiradi.  Kartel  uzoq  muddatdan 

ko`ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o`rgandi. 



 

Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki 

kamaytiradimi? 

 

Jamiyatimiz  duch  kelayotgan  muammolardan  biri  –  bu  geroin,  kokain  kabi 

giyohvand  moddalardan  foydalanish.  Bu  moddalarning  ko`plab  salbiy  ta’siri 

RASM 

Neft hajmi 

 

Neft narxi 

 

1. Qisqa m}ddatli davrda, talab 



va tafli noelastik bo’lganda taklif 

siljis%i 

2 … narxni 

keskin o’sishini 

boshlab beradi  

2 … narxni 

seki~ o’sishini 

boshlab beradi  

1. Uzoq muddatli 

davrda, talab va t@fli 

noelastik 

bo’lganda 

taklif siljishi…

 

Neft narxi 

 

Neft haj

 

Neftga  talab  pasayganda,  bunga  javob  berish  ma’lum  bir 



vaqt>talab  qiladi.  Qisqa  muddatli  davrda,  (a)  panelda  talab  va 

takliµ  biroz  noelastik.  shu  tariqa  taklif  egri  chizig’ining  S

1

  dan 


S

2

Ága siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa 



_aklif va talab biroz elastik.   

 

Dunyo neft bozoroda 



taklif ha»mining 

qisqarishi 

 

(a) Qisqa muddatli davrda neft bozori  



(b) Uzoq muddatli davrda neft bozori  

 

76 


mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog`lanib qolish odamlarning va ularning 

oilasining  hayoti  barbod  bo`lishiga  olib  keladi.  Boshqa  tomondan  esa  pul  topish 

maqsadida 

giyohvand 

odam 

o`g`irlikka 



va 

boshqa 


jinoyatlarga 

qo`l 


uradi.Noqonuniy  moddalardan  foydalanishni  cheklash  maqsadida  Qo`shma 

Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun 

har  yili  milliard  dollar  mablag`  ajratadi.  Talab  va  taklif  mexanizmlaridan 

foydalangan holda bu narkotik moddalarni to`xtatish siyosatini tekshiramiz. 

Tasavvur  qiling  hukumat  giyohvand  moddalarga  qarshi  urushda 

qatnashadigan  federal  agentlar  sonini  oshirdi.  Noqonuniy  dorilar  bozorida  nima 

sodir bo`ldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz 

talab  yoki  taklif  egri  chizig`ining  o`zgarganini    ko`rib  chiqamiz.  Ikkinchidan, 

o`zgarishning  qaysi  tomonga  bo`lganini  kuzatamiz.  Uchunchidan,  biz  o`zgarish 

muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko`ramiz. 

Garchi  narkotiklarni  to`xtatishning  maqsadi  ulardan  foydalanishni 

qisqartirishga  qaratilgan  bo`lsa  ham,  uning  aniq  ta’siri  xaridorlarga  emas  balki 

sotuvchilargadir.Hukumat  mamlakatga  bir  necha  narkotik  moddalarni  kirishini 

to`xtatgan  va  ko`plab  kontrabandachilarni  hibsga  olgan  paytda,  bunday  moddalar 

narxi  oshadi  va  shu  sababli  ularning  miqdori  kamayadi.  Giyohvand  moddaga 

bo`lgan  talab,  ya’ni  istalgan  narxda  sotib  oladiganlar  soni  o`zgarmaydi.  9-

chizmada  ko`rsatilganidek,  taqiq  taklif  egri  chizig`ini  chap  tomonga  S

dan  S



2

  ga 


surdi,  talab  esa  o`zgarishsiz  qoldi.  Muvozanat  narxi  P

1

  dan  P



2

  ga  ko`tarildi, 

muvozanat  miqdor  esa  Q

1

  dan  Q



ga  pasaydi.  Muvozanat  miqdorining  kamayishi 

shuni 

ko`rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi. 



Lekin  giyohvand  moddalarga  doir  jinoyatlarchi?  Bu  savolga  javob  berish 

uchun,  giyohvand  moddalardan  foydalanuvchilar  to`lagan  pullarining  umumiy 

qiymatini  hisoblaymiz.  Chunki  juda  kam  giyohvandlar  narxlar  oshganda 

odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo`lgan talab elastik emas. 



 

77 


 

Agar  talab  elastik  bo`lmasa,  giyohvand  moddalar  bozoridagi  umumiy 

daromad  ko`tariladi. Chunki  giyohvand  moddalardan  foydalanishga nisbatan  narx 

ancha ko`tarilgan bo`ladi. Bu esa giyohvandlar to`laydigan umumiy pul miqdorini 

oshiradi.  Giyohvandlar  o`zlarining  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  o`g`irlik 

qilishga  ham  to`g`ri  keladi,  ularga  avvalgidan  ham  ko`proq  pul  zarur  bo`ladi. 

Demak,  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  siyosati  unga  doir  jinoyatlar  sonini 

oshiradi. 

Bu  siyosatning  salbiy  ta’siri  sababli  bir  necha  mutahassislar  muqobil 

yechimini 

topishga 

bahslashmoqdalar. 

 

Giyohvand 



moddalar 

taklifini 

qisqartirgandan  ko`ra,  siyosatchilari  giyohvand  moddalar  haqida  ta’lim  berish 

orqali  ularga  bo`lgan  talabni  qisqartirishga  harakat  qilishlari  mumkin. 

Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko`rsatilgan.  

Talab  egri  chizig`i  chapga  D

1

  dan  D


ga  surilgan.  Natijada  muvozanat 

miqdori  Q

1

  dan  Q



ga  va  muvozanat  narx  esa  P

dan  P


2

  ga  tushgan.  Umumiy 

daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini  to`xtatishga 

farqli o`laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini 

kamaytirishni ta’minlaydi. 

RASM 

Narkotik 

narxi

 

 

Narkotik hajmi



 

 

Narkotik 



narxi

 

 

1. Narkotikni ta’qiqlash 



narkotik taklifini k¢maytiradi

 

2. … narx 



ko’tariladi…

 

3. … narkotik sotuvi 



kamayada 

1. Narkotikka qarshi o’qitish  

narkotikka talabni kamaytiradi 

2. … narx 

p

asayadi…


 

3. … narkotik so1uvi 

kamayadi 

Narkotikdan noqonuniy 

foydalanishni 

kamaytirishga qaratilg

an siyosat 

 

Narkotikni ta’qiqlash taklif hajmini S



1

 

dïn S



2

 ga kamaytiradi (a). 

Agar  narkotikka  bo’lgan  talab  noelasti¨  bo’lsa,  narkotikdan 

foydalanish kam

ayishiga qaramasdan unga to2lanadigan to’lov 

hajmi  ortadi.  Aksincha,  narkotikka  qarshi  o’qi0ish  narkotikka 

bo’lgan talabni D

1

 dan D



ga kamaytiradi (b). Bi oq bunda narx  

va  miqdor  ham  kamayib,  undan  foydalanuvchilar  toÍonidan 

to’lanadigan to’lovlarni kama

ytiradi 

 

 



(a) 

Narkotikni ta’qiqlash

  

(b) 

Naðkotikka qarshi o’qitish

 

 

78 


Giyohvand  moddalarni  to`xtatish  tarafdorlari  siyosatning  uzoq  muddatli 

ta’siri  qisqa  muddatlidan  ko`ra  farqli  deb  biladi,  chunki  talab  elastikligi  vaqtga 

bog`liq. Talab qisqa muddatda elastik bo`lmas, chunki og`uga o`rganib qolganlarga 

narxning  o`tarilishi  ta’sir  etmaydi.  Lekin  vaqt  o`tgan  sari  talab  elastikbo`lib 

boraveradi,  chunki  yuqori  narx  yoshlar  orasida  bu  moddalarni  sinab  ko`rishdan 

qaytaradi  va  vaqt  o`tgan  sayin  faqatgina  sanoqli  giyohvandlar  qoladi.  Bunday 

holatda,  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  siyosati  qisqa  muddatda  ularga  doir 

jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi. 



 

Qisqacha xulosalar

 

Talab  va  taklif  vositalari  iqtisodiyotni  shakllantiradigan  ko`plab  muhim  voqealar 

va siyosatlarni analiz qilishga imkon beradi. 

 



Talabning  narx  elastikligi  narxdagi  o`zgarishga  nisbatan  qancha  talab 

bo`lishini  hisoblaydi.  Talab  ko`proq  elastik  bo`ladi  agar  o`rnini  bosuvchi 

tovarlar  mavjud  bo`lsa,  agar  tovar  zaruriyatdan  ko`ra  ortiqroq  bo`lsa,  agar 

bozor tor doirada bo`lsa yoki xaridorlarda narxning o`zgarishiga munosabati 

sekin bo`lsa.  

 



Talabning  narx  elastikligi  talabning  foizdagi  o`zgarishini  narxning  foizdagi 

o`zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar talab narxga nisbatan kamroq 

o`zgarsa, unda elastiklik 1 dan kichik bo`ladi, ya’ni talab elastik emas desa 

ham  bo`ladi.  Agar  aks  holat  bo`lsa,  elastiklik  1  dan  yuqori  va  talab  elastik 

hisoblanadi.  

 



Umumiy  daromad  tovar  narxi  bilan  ularning  sotilgan  miqtoriga  ko`paytirib 

topiladi.  Elastik  bo`lmagan  talab  uchun,  narx  oshganda  daromad  oshadi. 

Agar talab elastik bo`lsa narx ko`tarilganda daromad oshadi. 

 



Talabning  daromadlar  elastikligi  iste’molchilar  daromadi  o`zgarganda 

qancha talab bo`lganligini ko`rsatadi. Talabning narxlar kesishuvi elastikligi 

bir  Tovar  narxining  o`zgarishiga  boshqa  bir  Tovarga  bo`lgan  talab  sonini 

ko`rsatadi.  



 

79 


 

Taklifning  narx  elastikligi  narx  o`zgarishiga  qarab  qancha  taklif 



bo`lganligini  bildiradi.  Elastiklik    e’tiborga  olingan  vaqt  birligiga  tez-tez 

bog`liq  bo`ladi.  Ko`plab  bozorlarda  taklif  qisqa  vaqtdan  ko`ra  uzoq  vaqtda 

elastikroq bo`ladi. 

 



Taklifning narx elastikligi taklifning foizdagi o`zgarishini narxning foizdagi 

o`zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar taklifning o`zgarishi narxning 

o`zgarishidan  kamroq  bo`lsa,  elastiklik  1  dan  kichik  bo`ladi,ya’ni  taklif 

elastik emas desa ham bo`ladi. Agar aks holat bo`lsa, elastiklik 1 dan yuqori 

va taklif elastik hisoblanadi. 

 



Talab  va  taklif  mexanizmi  turli  xil  bozorlarda  qo`llaniladi.  Bu  bo`limda 

bug`doy  bozorini,  neft  bozorini  va  giyohvand  moddalar  bozorini  tahlil 

qilishda ulardan foydalanildi. 

Tayanch so`z va iboralar: 

Elastiklik, talabning narx elastikligi, umumiy daromad, 

talabning  daromadlar  elastikligi,  talabning  narxlar  kesishuvi  elastikligi,  taklifning 

narx elastikligi 

 

Nazorat savollari

 

1.

 



Talabning narx elastikligi va daromadlar elastikligiga ta’rif bering. 

2.

 



Bo`limda  muhokama  qilingan  talabning  narx  elastikligi  4  omilining  ro`yxatini 

tuzing va tushuntirib bering. 

3.

 

Elastiklikni hisoblashda o`rta metodining afzalligi nima? 



4.

 

Agar elastiklik 1 dan yuqori bo`lsa, talab elastikmi yoki yo`qmi? Agar elastiklik 



0 ga teng bo`lsa, talab butunlay elastikmi yoki yo`qmi? 

5.

 



Talab-taklif  diagrammasida  muvozanat  narx,  muvozanat  miqdor  va  ishlab 

chiqaruvchilarning umumiy daromadini ko`rsating. 

6.

 

 Agar  talab  elastikbo`lsa,  narxning  oshishi  umumiy  daromadning  qanday 



o`zgarishiga olib keladi? Tushuntiring. 

7.

 



Daromad elastikligi 0 dan kichik bo`lgan tovarni nima deb ataymiz? 

8.

 



Taklifning  narx  elastikligi  qanday  hisoblanadi?  Nimalar  hisoblanishini 

tushuntiring. 



 

80 


9.

 

Pikasso asarlari taklifining narx elastikligi qanday? 



10.

 

 Taklifning  narx  elastikligi  qisqa  muddatda  yoki  uzoq  muddatda  har  doim 



yuqorimi? Nega? 

11.


 

 Qanday  qilib  elastiklik  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  ularning  taklifini 

kamaytirishini, lekin ularga doir jinoyatlarni ko`paytirishini tushuntirib berdi?   


 

81 


V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI  

5.1. Maksimal va minimal narxlar 

Bozor  muvozanatini  ta’minlashda  iste’molchi  va  ishlab  chiqaruvchi 

ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish 

maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko`zda tutadi. 

Davlat  bozordagi  narxlarni  nazorat  qilish  orqali  bozor  mexanizmini  tartibga 

solishga  harakat  qiladi.  Bunda  davlat  ikkita  maqsadni  ko`zlaydi:  ishlab 

chiqaruvchilarni  qo`llab-  quvvatlash  yoki  iste’molchilarni  qo`llab-quvvatlash  . 

Iste’molchilarni narx tomondan qo`llab- quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi 

tovarlarga  muvozanat  darajasidan  pastroq  narxlarni  qayd  etgan  holda  eng  yuqori 

narxni  o`rnatadi.  Bunda  sotuvchilar  ushbu  qayd  etilgan  narxdan  yuqori  narxda 

sotishlari  taqiqlanganligi  e’lon  qilinadi.  Narx  muvozanat  narxidan  past 

o`rnatilganda,  bozorda  tovar  taqchilligi  yuzaga  keladi.  Erkin  bozor  sharoitida  bu 

taqchillik  tezda  yo`qoladi,  biroq  narxlar  qayd  etilgan  sharoitda,  bozor  mexanizmi 

ishlamaydi  va  bozorda  barqaror  taqchillik  paydo  bo`ladi.  Bu  narx  chegarasining 

ijobiy  tomoni  ,  muvozanat  narxida  xarid  qila  olmagan  iste’molchilarda  bu 

tovarlarni  sotib  olish  imkoniyatining  tug’ilishidir.  Biroq,  uning  salbiy  tomonlari 

ko`proq: 

ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi 

ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi 

bozorda  taqchil  tovarlarga  navbatning  ortib  ketishi,  hattoki  bu  navbatda 

turganlarga ham u etmasligi mumkin 

“qora bozor”ning paydo bo`lishi va boshqalar. 

  Davlat  ba’zida  ishlab  chiqaruvchilarni  qo`llab-quvvatlash  maqsadida 

narxlarning  quyi  chegarasini  qonuniy  ravishda  o`rnatadi.  Agar  bu  chegara 

muvozanatli  narxdan  yuqori  bo`lsa,  bozorda  barqaror  tovar  ortiqchaligi  paydo 

bo`ladi.  Demak,  davlatning  bozor  mexanizmiga  muvozanat  narxidan  yuqori 

darajadagi narxlarni o`rnatish yo`li bilan aralashuvi ham yo`qotishlarga olib keladi 

va  oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi. 



 

82 


Davlat  bozor  mexanizmini  tartibga  solishda  soliqlar  va  dotatsiyalarni  ham 

qo`llaydi.  Bu  aralashuv  ham  bozor  mexanizmini  amal  qilishini  samaradorligi 

pasayishiga va sof yo`qotishlar paydo bo`lishiga olib keladi. 

Ba’zi  vaqtlarda  bozor  narxi  davlat  tomonidan  o`rnatiladi.  Agar  o`rnatilgan 

narx 

P

~

 muvozanat narxidan R



e

 kichik bo`lsa 



e

P

P

~



 (

e

P

 

- muvozanat narx) va narxni 



undan  yuqori  belgilash  ta’qiqlansa,  bunday  narxlar  maksimal  narxlar,  aksincha 

o`rnatilgan narx 



P

~

 muvozanat narxidan R



e

  katta bo`lsa, 



e

P

P



(R

e

-muvozanat narx) 



va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb 

yuritiladi. 

Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum 

darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni 

himoya qilish uchun davlat tomonidan o`rnatiladi.  

Talab  va  taklif  nazariyasiga  ko`ra,  maksimal  narxning  o`rnatilishi  mahsulot 

tanqisligiga olib keladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

5.1-chizma. Narx maksimal bo`lganda mahsulot tanqisligi. 

Maksimal  narx  o`rnatilganda  bir  qator  ishlab  chiqaruvchilar  (xarajatlarini 

maksimal  narxda  qoplay  olmagani  uchun)  bozordan  siqib  chiqariladi  va  ishlab 

chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi 



e

Q

 

dan 



1

Q

 gacha kamayadi. Tovarni 

sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va 

ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi.  



S 

 

D 

 

P 

 

E



D

 

 



E 

 

P



e

 

 



P

н

 



 

P

~

 



 

Q

 

 



S

Q

 

 



e

Q

 

 



D

Q

 

 



0

 

 



E' 

 


 

83 


Minimal narxning o`rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib 

keladi  yoki  mahsulotlar  sotilmasdan  omborlarda  to`planib  qolishiga  olib  keladi.  

Bu vaziyat 18-chizmada keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi 

D

S

Q

Q

ga teng. Agar 



davlat  mahsulotni  minimal  narxdan  past  narxda  sotishga  ruxsat  bermasa,  bu  erda 

ham norasmiy bozor vujudga keladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

5.2-chizma. Narx minimal bo`lganda mahsulot otiqchaligi. 

 

 

Grafikdagi 

'

E

  nuqta  ortiqcha  mahsulotni  norasmiy  ravishda  muvozanat 

narxdan past narxda (

н

P

 narxda) sotilishi mumkin bo`lgan vaziyatni ko`rsatadi. 

Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o`zgartirishning 

oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.  

Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx 



*

 o`rnatildi deylik, 

ya’ni 

e

P

P

*



 (

e

P

 

muvozanatli narx)  



Ushbu  oshgan  ortiqchalik  grafikda  qo`sh  shtrixlangan  A  to`rtburchak  yuzi 

bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni 

sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V 

uchburchak  yuziga  teng.  Demak,  iste’molchi  ortiqchaligining  sof  o`zgarishini 

quyidagicha aniqlash mumkin. 

           



B

A



ист.


,  

 

 



 (1) 

bu erda, 

ист.



 - iste’molchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. 



Chizmadan  ko`rinib  turibdiki, 

B

A

  bo`lgani  uchun  sof  iste’molchi 



ortiqchaligi musbat 

.

0



ист.



 

E 

 

E

 

 



Q

 

 



S 

 

D 

 

P 

 

E



S

 

 



E

D

 

 



P

e

 

 



P

н

 



 

P

~

 



 

S

Q

 

 



e

Q

 

 



D

Q

 

 



0

 

 



 

84 


Endi  ishlab  chiqaruvchi  ortiqchaligini  qaraymiz.  Bozorda  qolib  ishlab 

chiqarishni  davom  ettirayotgan  ishlab  chiqaruvchilar  bozor  narxidan  past  narxda 

1

Q

 hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko`rsatilgan A 

to`rtburchak yuziga teng bo`lgan iste’molchi ortiqchaligini yo`qotadilar. Bozordan 

siqib  chiqarilgan  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  yo`qotilgan  ishlab  chiqaruvchi 

ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling