I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/43
Sana26.01.2018
Hajmi3.43 Mb.
#25333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

I.A.BAKIEVA, X.S.XADJAEV, M.Z. 

MUHITDINOVA., SH.SH. FAYZIYEV. 

 

 

MIKROIQTISODIYOT 

 

O`QUV QO`LLANMA 

 

Ta’lim  



yo`nalishi: 

5230600- 

Moliya 

5230700- 



Bank ishi; 

5230900- 

Buxgalteriya hisobi va audit (ishlab chiqarish 

va xizmat ko`rsatish bo`yicha) 

5231200- 

Sug’urta ishi 

5231300- 

Pensiya ishi 

5231500- 

Baholash ishi 

5232000- 

Davlat budjetining g’azna ijrosi 

5111 000- 

Kasb ta’limi (5230600-Moliya) 

5111 000- 

Kasb ta’limi (5230700-Bank ishi) 

5111 000- 

Kasb ta’limi 5230900-(Buxgalteriya hisobi 

va audit) 

5230200- 

Menejment (xizmatlar sohasi) 

5230800- 

Soliqlar va soliqqa tortish 

 

 



Toshkent 2017. 

 



I.A.Bakieva,  X.S.Xadjaev,  M.Z.  Muhitdinova,  SH.SH.  Fayziyev. 

Mikroiqtisodiyot (O`quv qo`llanma) - T.: TMI, 2014, 437 bet. 

 

Annotatsiya.Ushbu  o`quv  qo`llanmada  asosiy  e’tibor  mikroiqtisodiyotning 

asosiy  masalalari  hamda  ularning  amaliyotda  qo`llanilishnga  qaratilgan.  Unda 

mikroiqtisodiyotning  asosiy  masalalarining  hozirgi  sharoitdagi  xususiyatlariga 

alohida ahamiyat berilgan. 

O`quv  qo`llanma  Oliy  va  o`rta  maxsus  o`quv  yurtlarining  iqtisodiy  ta’lim 

yo`nalishlari  bakalavrlari  va  o`qituvchilari,  shuningdek  mikroiqtisodiyot  bilan 

barcha qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. 

Аннотация.  Основное  внимание  в  данном  учебном  пособии  дана 

основным проблемам микроэкономики и их применение на практике. В нем 

уделено особое внимание особенностям основных вопросов микроэкономики 

в современных условиях. 

Учебное  пособие  рассчитана  для  бакалавров    экономического 

образовательного  направления  и  для  преподователей  высших  и  средних 

специальных  учебных  заведений,  а  также  для  всех  интересующихся  

микроэкономикой. 



Annotation.  The  main  focus  on  this  textbook  is  given  to  main  problems  of 

microeconomics  and  their  application  in  practice.  It  pays  special  attention  to  the 

peculiarities of the basic issues of microeconomics in modern conditions. 

The textbook is written for bachelors of economic education and for teachers 

of  higher  and  secondary  special  educational  institutions,  as  well  as  for  all  those 

interested in microeconomics. 



Ma’sul muharir:  

Taqrizchilar:   i.f.d., prof. Salimov B  

            i.f.n., dotsent. Iminova N 

                                    i.f.n., dotsent. Ergashev E.I  

        i.f.n., dotsent. Kasimova N.S 



 

 



KIRISH 

Hozirgi  sharoitda  mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  yuz  berayotgan  o`zgarishlar 

tayyorlanayotgan yosh  mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada 

bo`lishini  talab  etmoqda.  Ayniqsa,  bu  iqtisodiyot  sohasidagi  mutaxassislarni 

tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni 

tayyorlashda oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o`rin 

tutadi.  

2017-2021  yillarda  O`zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning 

Harakatlar  strategiyasidagi  beshta  ustuvor  yo`nalishlarda  ko`zda  tutilgan  ishlab 

chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilash,  ishlab 

chiqarish,  transport-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilma  loyihalarini  amalga 

oshirishga  qaratilgan  faol  investitsiya  siyosatini  olib  borish,  yuqori  texnologiyali 

qayta  ishlash  tarmoqlarini,  eng  avvalo,  mahalliy  xomashyo  resurslarini  chuqur 

qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo`shimcha  qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga 

o`tkazish  orqali  sanoatni  yanada  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish, 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda 

mahsulot  va  xizmatlar  bozorida  monopoliyani  bosqichma-bosqich  kamaytirish, 

printsipial  jihatdan  yangi  mahsulot  va  texnologiya  turlarini  o`zlashtirish,  shu 

asosda  ichki  va  tashqi  bozorlarda  milliy  tovarlarning  raqobatbardoshligini 

ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom 

ettirish  hamda,  eng  avvalo,  iste’mol  tovarlar  va  butlovchi  buyumlar  importining 

o`rnini  bosish,  tarmoqlararo  sanoat  kooperatsiyasini  kengaytirish,  iqtisodiyotda 

energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga  energiya  tejaydigan 

texnologiyalarni  keng  joriy  etish,  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan 

foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mehnat  unumdorligini 

oshirish


1

  kabi  vazifalar  belgilangan  bo`lib,  bu  vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish  ko`p  jihatdan  mamlakatimiz  milliy  iqtisodiyotining  birlamchi  bo`g’ini 

                                                           

1

  2017  —  2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha 



HARAKATLAR STRATEGIYASI 

 


 

hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va 



tovarlar  bozorlari  holatini  alohida  olingan  tarzda  tahlil  qilish,  ularni  rivojlantirish 

omillaridan  samarali  foydalanish  yo`llarini  o`rganish  kabi  jarayonlarni  tadqiq 

qilishga bog`liqdir. 

Shunday  jarayonlarni  tadqiq  qiluvchi  fan  sifatida  “Mikroiqtisodiyot”  fani 

qatnashadi.  Talabalarga  mazkur  fan  xususiyatlari  doirasida  mamlakatimizda 

amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi  materiallar, 

qoidalar  va  xulosalarni  puxta  o`zlashtirishlari,  kelgusi  faoliyatida  samarali 

foydalanishlari  hamda  ijodiy  yondoshishlarini  ta’minlash  fanni    o`rganish  oldida 

turgan asosiy vazifalaridan biridir 

“Mikroiqtisodiyot”  fanini  o`qitishning  maqsadi  bakalavriat  yo`nalishlarida 

ta’lim  oluvchi  talabalarda  alohida  firmalar  faoliyati,  iste’molchilar  hatti-harakati 

hamda  turli  resurslar  va  tovarlar  bozorlari  holatini  alohida  olingan  holda  tahlil 

etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog’liq 

siyosatini  muvofiqlashtirgan  holda  qo`llash  va  bu  boradagi  strategiyani  to`g’ri 

asoslay olish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat.  

Fanning  maqsadi  va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  o`quv 

qo`llanma  talabalarga  mikroiqtisodiyotdan  turli  mavzular,  ularga  oid  masalalarni 

hal etish uchun ko`nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.  

Bu  o`quv  qo`llanmani  tayyorlashda  jahonnning  yetakchi  universitetlarida 

keng 


miqyosda 

foydalanib 

kelinayotgan 

adabiyotlar 

G. 

Menkyuning 



“Mikroiqtisodiyot  tamoyillari”  (N.  Gregory  Mankiw 

“Principles  of 

Microeconomics”)  hamda  R.Pindayk  va  Rubinfeldning  “Mikroiqtisodiyot” 

kitobidan  foydalanilgan  va  ulardagi  asosiy  mavzular  ushbu  o`quv  qo`llanmaning 

asosini tashkil etgan. Mazkur  o`quv qo`llanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, 

dars olib boruvchi professor-o`qituvchilar foydalanishlari mumkin



 

 

 

 

 



I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANIGA KIRISH 



 

Mazkur 


bobda 

resurslarning 

cheklanganligi, 

ularni 


taqsimlash, 

mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari, pozitiv hamda normativ 

mikroiqtisodiyot,  uning  ob’ekti,  sub’ektlari,  usullari  va  mikroiqtisodiy  modellar 

bilan bog’liq jarayonlar tadqiq qilingan. 



 

1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 

 

Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot 



jamiyatdagi  cheklangan  resurslardan  alohida  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  va 

alohida  iste`molchilar  qay  darajada  foydalanishini  o`rganadi.  Ko`pchilik 

jamiyatlarda,  resurslar  millionlab  iste`molchilar  va  ishlab  chiqaruvchilarning 

birgalikdagi 

harakatlari 

yordamida 

taqsimlanadi. 

Shuning 


uchun 

ham 


mikroiqtisodiyotning  vazifasi  alohida  olingan  sub`ektlar  tomonidan  qaror  qabul 

qilish  jarayoni  va  o`zaro  xatti-harakatlarini  o`rganishdir:  ular  qancha  ishlaydilar, 

ular  nima  sotib  oladilar,  ular  qancha  tejab  qoladilar  va  ular  qancha  sarmoyalarini 

investitsiya  qiladilar.  Shu  sababdan  ham  jamiyatning  resurslarini  boshqarish 

muhimdir,  chunki  bu  resurslar  cheklangan.  Cheklanganlikning  ma’nosi 

jamiyatdagi  resurslar  taqchil  bo`lganligi  uchun,  jamiyat  odamlar  xohlaganday 

hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har 

bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining 

har  bir  a’zosini  ular  intilayotgan  darajadagi  hayot  tarzining  yuqori  darajasi  bilan 

ta’minlay olmaydi

2

.  


Resurslarni  cheklanganligi  inson,  oila,  jamiyat  oldiga  tanlov  muammosini 

qo`yadi: 

-

 

nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 



-

 

qanday texnika va texnologiyani qo`llash? 



-

 

ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi? 



Aynan  shuning  uchun  mikroiqtisodiyot  fanining  e’tibor  markazida  -  ishlab 

                                                           

2

 

N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 



 

chiqarish  uchun  zarur  resurslarning  cheklanganlik  muammolarini  va  ulardan 



oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.  

   Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini 

har  qanday  hal  etilishi  tanlash  holatini,  ya’ni  insonlarning  turli  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  uchun  bir  resursni  ishlatish 

mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 

nima»  xilidagi  qarorni  qabul  qilmaydi.  Ko`pincha  inson  bir  iqtisodiy  ne’matning 

ma’lum  miqdorini  olish  uchun  boshqasining  ma’lum  miqdoridan  voz  kechadi. 

Bunday  tanlov  murosali  deb  ataladi.  Murosali  tanlov  asosida  muqobil  qiymat 

tamoyili yotadi. 

Muqobil  qiymat  –  bu  voz  kechilgan  boshqa  iqtisodiy  ne’mat  qimmati  bilan 

o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 

Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy 

ne’matlarni  tanlash,  boshqa  ehtiyojni  qondiruvchi  iqtisodiy  ne’matlardan  voz 

kechishga olib  keladi. Masalan, sizda  mavjud  bo`lgan  3  metr  mato  bo`lagidan  yo 

ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham 

sizda  ham  ko`ylak,  ham  kamzul  tikish  imkoni  yo`q.  Bu  vaziyatda  tanlash  kerak 

bo`ladi.  Bu  tanlov  yo  ko`ylakdan,  yoki  kamzuldan  voz  kechishni  ko`zda  tutadi. 

Ko`ylakni  tanlash  qarori  kamzulga  ega  bo`lishdan  voz  kechishni  bildiradi,  ya’ni 

yangi  ko`ylakning  qimmati  kamzulga  ega  bo`lib,  olish  mumkin  bo`lgan  foyda  va 

quvonchlarga  teng.  Unda  ko`ylakning  muqobil  qiymati  borligi  aytiladi  –  bu 

kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi. 

Iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish  va  taqsimlash  jarayonlarini  o`rganib, 

mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. 

Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam 

resurslarni  sarflab,  o`zining  eng  ko`p  ehtiyojlarini  qondirishi  haqidagi  fikrdir.  Bu 

ko`plab  yo`llar  ichidan  inson  cheklangan  resurslardan  yaxshiroq  foydalanishga 

intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.  

Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar 

cheklanganlik  bo`lmaganida,  unda  tanlov  kerak  bo`lmasdi.  Tanlash  muammosi 


 

cheksiz,  chunki  biz  bitta  qaror  bilan  cheklanmasdan,  ularning  ko`piga  egamiz. 



Tanlov  resurslardan  foydalanishning  eng  yaxshi  yo`llari  o`rtasida  boradi  va 

resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani 

ta’minlovchi yo`l bo`ladi.  

Har  qanday  fan  singari  mikroiqtisodiyot  fani  ham  kuzatilayotgan  voqealarni 

tushuntirish  bilan  shug’ullanadi.  Masalan,  ishlab  chiqarishda  iste’mol  etiladigan 

xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish 

yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma 

ularning  qanchasini  bo`shatish  yoki  qabul  qilishi  talab  qilinadi?  Shular 

mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.  

Mikroiqtisodiyot  bu  taxminni  ma’lum  miqdorda  tovar  ishlab  chiqarish 

maqsadida  firma,  ish  kuchi,  kapital  qo`yilmalar  hajmi  va  xomashyoning 

rejalashtirishini  tushuntirib  berish  uchun  qo`llaydi.  Mikroiqtisodiyot  ishlab 

chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining 

o`zgarishiga,  va  shuningdek,  bo`lg’usi  o`z  mahsulotining  narxiga  ko`ra  firma 

ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.  

 

1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot 

 

Mikroiqtisodiyot  fani  firma  va  uy  xo`jaliklarining  qarorlarini  va  ularning 

maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror 

qabul  qilishi  va  ularning  bozordagi  o`zaro  aloqalarini,  raqobat  va  ishchilar 

daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi.  

Mikroiqtisodiyot  fani  makroiqtisodiyot  bilan  juda  ham  bog’liqdir,  chunki, 

butun  dunyoda  sodir  bo`layotgan  iqtisodiy  o`zgarishlar  o`sha  alohida  individual 

sub’ektlarning  iqtisodiy  munosabatlarining  mahsulidir.  Makroiqtisodiy  o`sishni 

mikrodarajadagi  munosabatlarning  uyg’unlashuvisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Misol 

qilib  olsak,  makroiqtisodiyotchilar  davlat  miqyosida  tovar  va  xizmatlardan 

olinadigan  daromad  solig’ining  ta’sirini  o`rganishlari  uchun,  ular  har  bir  xo`jalik 

yurituvchilarning  tovar  va  xizmatlarni  ayirboshlashga  bo`lgan  salohiyatini 

bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib 


 

o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob 



bo`ladi, har  bir fanning  o`zini  alohida usullari  mavjud  bo`lib, ikkovi ham  alohida 

fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.  

Mikroiqtisodiyot  ayrim  sub’ektlar  faoliyati  bilan  bog’liq.  Bular  jumlasiga 

iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal 

qilishida  muhim  o`rin  tutuvchi  individ  yoki  xo`jalik  sub’ektlari  kiradi. 

Mikroiqtisodiyot  iqtisodiyotning  quyi  bosqichda  qanday  qilib  va  nima  sababdan 

xatti-harakat  amalga  oshirilishini  tushuntirib  beradi.  Masalan,  iste’molchi  nima 

uchun  tovar  sotib  olishga  jazm  qildi;  narx  va  daromad  o`zgarishi  tovar  tanlashga 

qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qaerda, qancha 

ishlashi  lozimligini  aniqlaydi,  shu  kabilarni  mikroiqtisodiyot  tushuntirib  beradi. 

Mikroiqtisodiyotning  yana  boshqa  bir  muhim  jihati  tarmoqlarda,  masalan  sanoat 

tarmoqlarida  bozorlardan  tashkil  topgan  eng  yirik  tuzilmalar  hosil  bo`lishida 

iqtisodiyot  sub’ektlarining  o`zaro  munosabatlarini  o`rganishdir.  Mikroiqtisodiyot 

shu narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantiqini, 

avtomobil  bozorida  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar  qanday  o`zaro 

munosabatga  kirishishlarini  anglab olishga  yordam  beradi. Bu  fan  avtomobillarga 

narx  qanday  belgilanishini,  avtomobil  kompaniyalar  yangi  zavodlar  qurilishiga 

qanday  mablag’larni  investitsiya  qilishlarini,  yiliga  qancha  avtomobil  ishlab 

chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar 

faoliyatini  o`rgangan  holda  sanoat  tarmoqlari  va  bozorlar  qanday  faoliyat 

ko`rsatishini,  bularning  faoliyatiga  boshqa  mamlakatlardagi  iqtisodiy  sharoit  va 

hukumat siyosati qay yo`sinda ta’sir etishini ochib beradi. 

Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi: 

a) pozitiv mikroiqtisodiyot

b) normativ mikroiqtisodiyot. 

Pozitiv 


mikroiqtisodiyot 

real 


iqtisodiy 

hodisalarni 

va 

ularning 



aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni 

bildirsa,  normativ  tahlil  bular  qanday  bo`lishi  kerak,  degan  savolga  javob  beradi. 

AQSH  hukumati  avtomobillar  importiga  kvota  belgilaydi,  deylik.  Bunda 


 

mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida 



nima  o`zgaradi?  Bu  avtomobillardan  foydalanuvchilarga  va  avtomobil  sanoatida 

ishlovchilarga  qanday  ta’sir  etadi,  degan  savollar  paydo  bo`ladi.  Bu  savollar 

pozitiv  tahlil  doirasiga  kiradi.  Mikroiqtisodiyotda  pozitiv  tahlil  markaziy  o`rin 

egallaydi.  Benzinga  yangi  hukumat  darajasida  soliq  belgilash  ko`rib  chiqilyapti, 

deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o`zgaradi, bu benzinni 

kam sarflaydigan avtomashinalarga bo`lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan 

kundalik  hayotda  foydalanilishi  va  boshqa  narsalarni  o`zgartirib  yuboradi.  O`z 

faoliyatini  oqilona  rejalashtirish  uchun  neft  va  avtomobilsozlik  kompaniyalari 

davlat  soliq  siyosatining  turli  oqibatlari  qanday  bo`lishini  aniqlashlari  kerak 

bo`ladi.  Bu  ishni  avtomobil  uchun  ehtiyot  qismlar  ishlab  chiqaruvchilar,  sayohat 

bilan shug’ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq 

qabul  qilingandan  keyingi  maksimal  foydani,  katta  va  kichik  litrajli  avtomobillar 

ishlab  chiqarish  hajmini  aniqlashni, tejamli  avtomobillarni  ishlab  chiqarish  uchun 

zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar.  

Normativ  mikroiqtisodiyot  esa  qaysi  sharoitlar    yoki  jihatlar  maqbul  yoki 

nomaqbul  ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.  

Normativ  tahlil  faqat  iqtisodiy  siyosatning  sifatli  tanloviga  daxldor  emas.  U 

siyosatning  aniq  talqinlarini  ishlab  chiqishni  ham  qamrab  oladi.  Benzin  solig’i 

maqbul  degan  qarorga  kelingach,  uning  miqdori  haqidagi  masala  yuzaga  keladi. 

Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq 

optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha 

baho  berish  xususidagi  mulohazalar  bilan  to`ldiriladi.  Masalan,  benzinga  soliqni 

import  qilinadigan  neft  uchun  qo`yilgan  boj  bilan  taqqoslab  shunday  xulosaga 

kelish  mumkin,  garchi  neft  solig’ini  boshqarish  yengil  bo`lsa-da,  bu  kam 

daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda 

jamiyat  ijtimoiy  adolatni  iqtisodiy  samaradorlik  bilan  qiyoslab  ko`rishi  zarur 

bo`ladi.  Baho  berish  xususidagi  mulohazalar  qo`llanilgan  paytda  mikroiqtisodiy 

siyosatning eng yaxshi variantayo`li nimadan iborat, degan savolga javob berishga 



 

10 


qodir  bo`lmaydi.  Ammo  mikroiqtisodiyot  omillarning  o`zaro  ta’sirini  ko`rsata 

biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi. 



1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati 

 

Mikroiqtisodiyotning  ahamiyati  alohida  tadbirkorlar,  korxonalar,  uy 



xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.  

  Amalda  bizning  asosiy  mahsadlarimizdan  biri  xo`jalikka  oid  qarorlarga 

kelinganda  qanday  qilib  mikroiqtisodiyot  tamoyillari  qo`llanishini  ko`rsatishdan 

iboratdir. 

Mikroiqtisodiyotning 

amalda 


qo`llanishini 

ko`rsatuvchi 

jahon 

amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz. 



Korporatsiya  darajasida  bir  qarorga  kelish.  1985  yilning  oxirida  «Ford» 

oldingi  g’ildiraklari  tortadigan  va  samarali  aerodinamik  shaklga  ega  bo`lgan 

«Tauras»  nomli  yangi  avtomobil  modelini  bozorga  taqdim  etdi.  Mashina  katta 

muvaffaqiyatga  ega  bo`ldi  va  1987  yilga  kelib  «Ford»  foydasini  deyarli  2  marta 

ko`paytirdi.  Bu  mashinaning  dizayni  va  samarali  ishlab  chiqarilishi  muhandislik 

tafakkurining  eng  yangi  yutuqlarini  qo`llash  bilan  bog’liq  edi,  u  ancha-muncha 

iqtisodiy  masalalarga  ham  daxldor  bo`ldi.  Firma  menejerlari  yangi  dizayn 

xaridorlar  tomonidan  naqadar  ma’qullanishini  tushunib  yetishlari  kerak  edi. 

Iste’molchilarni  mashinaning  texnik  tavsiflari  va  tashqi  ko`rinishi  qoniqtiradimi? 

Dastlabki  talab  qancha  bo`ladi,  u  vaqt  o`tishi  bilan  qanday  o`zgaradi  va  bunga 

avtomobilning  narxi  qanday  ta’sir  etadi?  Iste’molchilarning  talab-ehgiyojini 

o`rganish,  yangi  mashinaga  bo`lgan  talabni  prognozlash,  mashina  narxi 

o`zgarganda unga talabning o`zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil 

etdi.  So`ng  «Ford»  model  qiymatini  belgilashi  kerak  edi:  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  va  ularning  yiliga  qancha  mashina  chiqarilishiga  qarab  o`zgarishini 

aniqlash  zarur  edi.  Shuningdek,  kasaba  uyushmasi  bilan  ish  haqining  miqdori 

to`g’risidagi  muzokaralar  natijasi,  po`lat  va  boshqa  xom  ashyolar  narxi  ham 

hisobga  olinishi  kerak  edi.  Ishlab  chiqarishda  tajriba  ko`paygan  sari  ishlab 

chiqarish  xarajatlarining  pasayish  miqdori  va  tezligini  ham  tahlil  etishga  to`g’ri 

keldi.  Bu  ma’lumotlar  maksimal  foydani  qanday  olish  mumkin,  buning  uchun 

yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga 


 

11 


javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab 

chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob 

berishini  ham  chamalab  ko`rishiga  to`g’ri  kelar  edi.  Masalan,  mashinaning 

dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish 

tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo`yish 

kerakmi?  Yoki  mashinalarni  «standart»  qilib  ishlab  chiqarish  va  ularning  jamiga 

ancha  yuqori  narx  belgilash  yanada  qulay  bo`ladimi?  Bunga  GM  («General 

motors)  va  «Kraysler»  kabi  raqobatchilar  «Ford»  qo`ygan  narxdan  qatiy  nazar, 

qanday  javob  qaytaradilar?  GM  va  «Kraysler»  o`z  mashinalari  narxini  tushirish 

orqali  «Ford»ni  ham  narxni  tushirishga  majbur  etadimi?  «Ford»ning  ham  narxni 

pasaytirishga harakat qilishi xavfi GM va «Kraysler»ning narxlarni pasaytirishdan 

tiyib  tura  oladimi?  «Tauras»  dasturi  yangi  ishlab  chiqarish  uskunalariga  katta 

kapital  qo`yishni  talab  qilgan,  kompaniya  esa  bu  bilan  bog’liq  riskka  va  uning 

kutilayotgan  oqibatlariga  baho  berishi  zarur  edi.  Riskning  bir  qismi  benzinning 

bo`lg’usi  narxi  aniq  bo`lmasligi  bilan  (benzinning  yuqori  narxi  kam  litrajli 

mashinalarga  talabni  oshirib  yuboradi),  riskning  boshqa  qismi  esa  firma 

ishchilariga  beriladigan  ish  haqi  miqdorining  aniq  bo`lmasligi  bilan  bog’liq  edi. 

Agar  neftning  jahon  bozoridagi  narxi  2—3  marta  oshsa  yoki  hukumat  benzinga 

yangi  soliq  joriy  etsa  nima  bo`ladi?  Kasaba  uyushmalari  ish  haqi  to`g’risidagi 

muzokaralarda  naqadar  kuchlilik  qiladi  va  bu  ish  haqi  miqdoriga  qanday  ta’sir 

etadi? 

Kapital  qo`yish  haqida  qarorga  kelinganda  bu  savollarga  javoblarning 



noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo`lib ma’lum 

tashkiliy  muammolarni  ham  hal  etishi  kerak  edi,  chunki  uning  bir  bo`linmasi 

mashina  ayrim  qismlarini  ishlab  chiqaradi,  boshqalari  esa  yig’ish  bilan 

shug’ullanadi. Turli bo`linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. 

Avtomobilni  yig’uvchi  bo`linmalar  boshqa  bo`linmalardan oladigan dvigatellarga 

qanday  narx  qo`yishi  lozim.  Hamma  detal  va  qismlarni  o`z  zavodlaridan  olish 

kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o`z 

faoliyatida  hukumat  va  qonun  chiqaruvchi  idoralarning  talablarini  hisobga  olishi 



 

12 


kerak.  Masalan,  avtomobilning  yangi  modeli  tashqi  muhitga  chiqaradigan  gazlar 

federal  me’yor,  eng  ko`p  deganda,  yo`l  qo`yilgan  darajadagi  kontsentratsiya 

talabiga  javob  berishi  zarur  bo`ladi,  mashinalarni  uzluksiz  yig’ib  borish  esa 

xavfsizlik  texnikasi  va  mehnatni  muhofaza  qilish  qonunlariga  mos  kelishi  kerak 

edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt o`tishi bilan o`zgarishining eng ko`p ehgimoli 

qanday?  Bular  kompaniyaning  xarajatlari  va  daromadlariga  qanday  ta’sir  eta 

oladi?

3

 



Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling