Kurs Ishining maqsad:
Insonlarda yuzaga keladigan depressiyaning sabablarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
- depressiya holatlarida xulq o‘zgarishlarini psixologik muammo sifatida nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish.
- depressiyani o‘rganish uslublarini taqqoslash va ularni takomillashtirish.
- depressiya holatida xulq o‘zgarishini psixologik muammo sifatida tadqiq qilishning nazariy va amaliy tahlil etilishi bo‘yicha adabiyotlar tahliliy ma’lumotlar bilan tanishish.
- tadqiqotning o‘rganilishiga oid adabiyotlarni o‘rganish;
- tadqiqot obektini aniqlash va tajribalarni tashkil etish;
- natijalarni miqdoriy va sifat tahlil qilish asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs Ishining obyekti: Marg‘ilon shahridagi "Humo" xususiy korxonasining 10 nafar ishchi xodimlari. Marg‘ilon shahar Nadirmat mahallasida yashovchi 10 nafar uy bekalari
Kurs ishining predmeti:
Depressiya holatlarida insonlardagi psixologik o‘zgarishlarini o‘rganish.
Kurs ishi bo‘yicha metodlar:
1. Suhbat
2 Shaxsning depressiya holatlari davrida xulq o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘rovnoma metodi
3 V.A. Jmurovning shaxsning depressiya darajasini aniqlash metodikasi.
4. K. Yungning kayfiyat yo‘qlik, subdepressiyani aniqlash usuli.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Depressiya holatlarida xulq o‘zgarishlarini psixologik muommo sifatida tatqiq etish mavzusida tadqiqot natijalari ijtimoiy psixologiya, oila psixologiyasi, psixologik xizmat, amaliy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi kabi psixologiya sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi. Depressiya holatlarida xulq o‘zgarishlarini psixologik muommo sifatida tatqiq etish mavzusida tadqiqot natijalaridan ijtimoiy psixologiya, oila psixologiyasi, psixologik xizmat, amaliy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |