I-bob. Depressiya muammosining psixologik tadqiqi
I bob yuzasidan umumiy xulosalar
Download 154 Kb.
|
Kurs ishi Depressiya etiologiyasi klinikasi va diognistikasini Gullola
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. SHAXSNING DEPRESSIV XUSUSIYATLARI DIAGNOSTIKASI 2.1. Depressiyaning jins tafovutlarini tahliliy o‘rganish.
I bob yuzasidan umumiy xulosalar
Depressiya holatlarida xulq o‘zgarishlarini psixologik muammo sifatida tatqiq etishni ko‘plab psixologlar, shuningdek, mutafakkirlardan insonlar hayotda qanday bo‘lishlari kerakligi haqidagi ishlarda yoritilgan. Xorij tadqiqotchilari depressiya muammosini o‘rganishda bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Jumladan,G.Sele, U.Kennon. G.Izart, S.Ilin va shu kabilarni ishlari depressiya muammosini ilmiy tadqiq qilishga muhim o‘ri tutadi. O‘zbek psixologlaridan M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, G. Shoumarov, E.Z.Usmanova N.G.Kamilova, G.To‘laganova va boshqa bir qancha olimlar stress holatida shaxs o‘z o‘zini Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda har qanday davlat taraqqiyoti va rivojlanishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri – bu kadrlarning o‘z sohasi bo‘yicha mukammal bilim olganligi va ruhiy jihatdan barkamolligi, shaxsning ma’naviy yetukligi, o‘zligini anglaganligi, vatanparvarlik va fidoyilik kabi yuksak hislarning rivojlantirilganlik darajasiga bog’liq. Shaxsni o‘rganar ekanmiz, ularda kechayotgan ruhiy inqirozlar ham ko‘payib bormoqda ushbu holat bevosita depressiya tushunchasi bilan bo‘liqlikda shaxs faoliyatining turli ko‘rinishlarida namoyon bo‘lmoqda. Yuqorida depressiyani nazariy asosini to’liq yoritishga imkon qadar yoritishga harakat qilindi va nazariy xulosalar yanayam boyitildi. Xulosa qilib aytganda, xulq-atvor va kognitiv-xulq-atvor modellari ruhiy buzilishlarni shu qadar qoniqarli tushuntirishni taqdim etadiki, bugungi kunda psixologiya mutaxassislari uchun muammo u erda ma’lumotni kamroq ilmiy asoslarga ega bo‘lgan ba’zi boshqa nazariyalar kabi bir xil ishtiyoq bilan olishdir. II BOB. SHAXSNING DEPRESSIV XUSUSIYATLARI DIAGNOSTIKASI 2.1. Depressiyaning jins tafovutlarini tahliliy o‘rganish. Zamon talablaridan kelib chiqayotgan ayrim vazifalar psixologlari oldiga qator muammolarni qo’yishi bilan birgalikda ulardan gender muammolari, jinsiy tafovutlar masalasiga ilmiy jihatdan yondoshishni taqazo etadi. Shuni alohidda ta’kidlash joizki,o‘g‘il va qizlarning ijtimoiy tasavvurlarida jinsiy tafovutlarga oid tushuncha, bilim va ko’nikmalar, stereotiplar eng avvalo oilada shakllanadi. Shuning uchun ham oila psixologiyasi doirasida aynan jinsiy tafovutlar va gender muammolari o’rganilishi va amaliyotda qanday ekanligi tadqiq etilishi kerak. Gender psixologiyasi - psixologiya fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar singari u ham o’z tarixiga ega. Ammo bu tarixni XX asrning 70 yillaridan boshlab o’rganish noo’rin deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, uni fenemizm mevasi deyish ham noto‘g‘ri. Biroq fanning asosiy xizmati zamonaviy psixologik muammolarga jamoatchilik fikrining jalb qilinishi hisoblanadi. “Gender” atamasi (ijtimoiy jins, madaniyat mahsuli)paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da (1975 yil), fanda ilgari ham bir qator g‘oya va izlanishlar mavjud bo‘lib, biz ularni hech ikkilanmay psixologiyaning ushbu sohasiga aloqador deb bilishimiz mumkin. Fan tarixida 5 bosqichni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 1) tegishli g‘oyalarning falsafiy nuqtai nazardan ishlab chiqilishi(qadimgi davrlardan XIX asr oxirigacha); 2) gender psixologiyasining predmeti va bo‘limlarining shakllanishi (XIX asr oxiri XX asr boshi); 3) psixoanaliz Z.Freyd nomi bilan boglik “Freyd davri” (XX asr boshi 1930 yil); 4) yirik eksperemental tadqiqotlarning boshlanishi va ilk nazariyalarning paydo bo‘lishi (1950-1980yillar); 5) gender psixologiyasining jadal sur’atda rivojlanishi: eksperemental tadqiqotlar, empirik faktlarning nazariy tahlil qilinishi, ma’lum metod va metodikalarning adaptatsiyasi va maxsus gender metodikalarning yaratilishi ya’ni, 1990 yildan shu davrgacha. Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar va turli yo’nalish vakillarining feminizm va jinslararo tafovutlar to‘g‘risidagi fikrlarini umumlashtirib, shuni e’tirof etish mumkinki, ikkita asosiy shart aniqlanganda, jinsiy tafovutlar borligi tasdiqlanadi: a) jinsiy tafovutlarning realligini erkak va ayoldagi u yoki bu psixik xususiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi farq kamida 10 % va undan yuqorini tashkil etgandagina tan olish; b) hech bo’lmaganda, bir jins 20 % dan kam bo’lmagan ko’rsatkichni namoyish etgan natijalarnigina o’rganib chiqish, ya’ni, bu - erkak yoki ayolda qayd etilgan shaxsiy xususiyatlar yoki xulqga to‘g‘ri tavsifnoma berilganini kamida 5-6 nafar tekshirilayotgan insonlar yoki ekspertlar bir ovozdan ma’qullashganda. Ya’ni metodologik nuqtai nazardan, jinsiy tafovut bor ekanligi ushbu statistik qoidalar rioya etilgandagina tan olinadi. Mishel Paludining yozishicha, bugungi kunda gender psixologiyasi sohasida asosan androtsentrik qarashlar ustivorligi kuzatilmokda. Ya’ni, ikkala jins vakilida xam bir-biridan tomoman farq qilmaydigan, ikkalasida ham kuzatish mumkin bo’lgan psixologik xususiyatlar kuzatilmoqdaki, bu ularning eng avvalo oila va nikox masalalaridagi qarashlar uyg’unligidan kelib chiqadi. Lekin metodologik jihatdan olimning ta’kidlashicha, baribir, aynan ayolga xos sifatlar normasi haqida gap ketganda, baribir ular erkak sifatlarining standartlari asosida tahlil etiladi. Aslida dunyo miqyosida axloq, muvaffaqiyatlarga intilish motivatsiyasi kabilar o‘rganilganda, asosan bu masalalar erkaklar va o‘g‘il shaxs misolidagina o‘rganiladi. Agressiya bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning 50 foizida faqat erkaklar, 10 foizida ayollar, qolgan 40 foizida ham ayol, ham erkaklar birgalikda ishtirok etgan. Depressiya bilan xam ayollar, xam erkaklar jabrlanadi. Ayollarda depressiya - 8,5%, erkaklarda 4,7% xolatda uchrab, deyarli ikki barobar ko‘p kuzatilishining sababi olimlarning e’tirof etishicha gormonal va irsiy omillar hisoblanadi. Ayollarda depressiyani ko‘p uchrashi haqida bir qator teoriyalar mavjud: Depressiyaning alohida ko‘rinishi – tug‘ruqdan keyingi depressiya 10-15% ayollarda kuzatilib, u oddiy charchash yoki uyqusizlikdan yuzaga keladigan kayfiyat buzilishlaridan farq qiladi. Statistika bo‘yicha yashash tarzining qiyinchiligi va iqtisodiy jihatidan erkaklarga qaramlik ayollarning hayoti og‘irligini anglatadi.Rivojlangan davlatlarda ayollardagi qo‘shaloq yuk: ishxonadagi faoliyati va uy yumushlari bilan o‘ralashishi ham depressiyaga sabab bo‘ladi. Tushkunlik kayfiyati ayniqsa boshqaruv postlarida faoliyat yuritadigan ayollarda ham ko‘p kuzatiladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra har uchinchi ayolning bittasi o‘ziga nisbatan erkaklar tomonidan jismoniy va seksual zo‘ravonlikni his qiladi. Bo‘larning bari depressiyaning rivojlanishiga imkon yaratadi. Ayollar depressiyasi erkaklarnikidan nimasi bilan farq qiladi.Har ikkala jins vaqillarida xam depressiyaning umumiy belgilari bir xil,ammo ayrim xususiyatlari farqlanadi: 1. Ayollar jismoniy jihatidan kasallanishi mumkin 2. Ayollar xavf-xatarni sezadi 3 Ayollarning ovqatlanish xulqi buziladi. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling