I bob. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I


II.BOB. Musiqa madaniyati darslarining boshqa fanlar


Download 47.21 Kb.
bet5/9
Sana05.04.2023
Hajmi47.21 Kb.
#1273723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azimaxon

II.BOB. Musiqa madaniyati darslarining boshqa fanlar
bilan uzviy bog’liqligi.
II.1. Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va adabiyot
fani bilan uzviy bog’liqligi.
Musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari uning mazmuni va shaklini belgilaydi. Musiqa darsi – maktabda musiqa o’qitishni tashkil etishning asosiy shaklidir. Maktabda musiqiy to’garaklar, fakultativ mashg’ulotlar olib boriladi, ammo dars hamma bolalarni yalpi tarzda qamrab olishi sababli o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Musiqa darslari bir qator xususiyatlariga ko’ra boshqa fanlardan farq qiladi:
Birinchidan – musiqa darslari boshqa maktab fanlaridan o’zining badiiyligi, bolalarda emotsional tuyg’u va kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ijobiy his-tuyg’u insonning aqliy faoliyatini o’stiradi. Fiziologlarning aytishicha, bola aqliy rivojining kaliti uning hissiyoti sohasida turadi.
Musiqa mashg’ulotlari bolalarning badiiy qobiliyatlarini rivojlantirib, ularda ijodiy kuch, tasavvur, fantaziyani uyg’otadi. Qadimdan ma’lumki, badiiy ijodiy tasavvur bilan ilmiy fikrlash o’rtasida katta bog’liqlik bor. V.Belinskiy ayganidek: «Ilm va san’at mazmuni bir. Olim fikrlar tizimi asosida ishontiradi, ijodkor – obrazlar bilan. Ammo ikkalasi ham bir hil ishontiradi».
Musiqiy asardan olingan emotsional ta’sir o’qituvchining ifodali ijrosi, mimika, harakat, so’z orqali yanada kuchayadi. Butun dars musiqa bilan «sug’orilgan» bo’lishi lozim. Musiqa-bolalar-o’qituvchi – darsning asosiy bo’g’inlaridir.
Ikkinchidan – u musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqa tahlili va adabiyoti elementlaridan iborat;
Uchinchidan – musiqa darsi o’quvchilar tomonidan bajariladigan turli musiqiy faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinflarda kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, ritmik xarakterlar, bolalar cholg’ularida ijro, ijodkorlik kabi faoliyatlar qo’llanilsa, o’rta sinflarda dars asosan to’rta faoliyat: tinglash, kuylash va musiqa savodi va musiqa ijodkorligi asosida olib boriladi. Hozirda amalga tadbiq etilgan bu yangi dastur mavzuli tuzilishiga ega, ya’ni yil, chorak va dars mavzulari, musiqaning «tili», boyligi, o’ziga xos mazmuni, musiqa san’atining boshqa san’atlar – rang tasvir, adabiyot, raqs bilan bog’liqligini muayyan ketma-ketlik asosida yoritib beradi. Darsda o’quvchilar o’zbek xalq musiqasi, o’zbek kompozitorlarining yorqin ajoyib asarlari va jahon musiqasining namunalari bilan tanishadilar. O’zbek mumtoz musiqa merosining nodir asarlari bilan tanishish va o’zlashtirish o’quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Musiqa dasturi bolalar bog’chasi va maktab bilan uzviylik hosil qiladi. Boshlang’ich sinflar dasturi bolalar bog’chasida musiqa mashg’ulotlari tarkibiy tuzilishini saqlab qolgan, 6-7 yoshli bog’cha bolalari musiqa tinglaydilar, qo’shiq o’rganadilar, raqslar va o’yinlar bajaradilar, murakkab bo’lmagan musiqiy parchalarni bolalar cholg’ularida ijro etadilar. Musiqiy faoliyatlarning bunday turliligi bolalar musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish omilidir. Bir musiqa asarini idrok etish (tinglash) qo’shiq, ritmik harakatlarni o’rganish uchun bir necha darslar talab etiladiki, bir darsning o’zida ham yangi asar bilan tanishuv, ham oldingi darsda o’rganilgan qo’shiq, asar ustida ish olib borishni davom ettirish sodir bo’ladi. Masalan, 1-sinf o’quvchilari darsda I.Akbarovning «Onajonlar» qo’shig’ini ijro etadilar, N.Norxo’jaevning «Kakligim» qo’shig’ini o’rganishni davom ettiradilar, oldingi darsdan tanish bo’lgan «Alla» kuyini (I.Akbarov) tinglaydilar, «topishmoq» musiqiy-didaktik o’yinida ishtirok etadilar va notalar cho’zimini o’rganadilar.
Dars mazmuniga xarakteri, kayfiyati, turlicha bo’lgan asarlar kiradi, shuning uchun darsning mantiqan yaxlitligiga erishishda darsning tuzilishini, ya’ni faoliyat turlarining ketma-ketligi, darsda «hissiy sozni» ushlab turish maqsadida bir asardan ikkinchisiga o’tish yo’llarini topish, aniqlash muhimdir. Dars tuzilishini rejalashtirishda o’quvchilarning jismoniy, emotsional, aqliy holatlarini hisobga olish lozim. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining diqqatlari turg’un bo’lmasligi sababli, faoliyat turlarini almashtirib turish, darsga qiziqishni orttiradi, murakkab qo’shiq, asarni o’rganishda bir dars davomida hadeb qaytarishdan ko’ra, bir necha dars davomida o’rganish maqsadga muvofiq, qiyin musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishdan so’ng to’g’ridan-to’g’ri qo’shiq kuylashga o’tish yaxshi emas, chunki kuylash uchun sokin nafas va diqqatni jamlash talab etiladi va h.k.
Dars asosan oldindan tayyorlangan reja asosida o’tishi kerak. Darslarga tayyorgarlik ko’rish o’qituvchining bilimi, mahoratiga bog’liq bo’lib, musiqiy materialning tarbiyaviy ta’limiy va rivojlantiruvchi taraflari hamda ularni amalga oshirish yo’llari, imkoniyatlari, metodlarini aniqlashda o’z ifodasini topadi. Har bir musiqiy asarni chuqur o’rganish, bolalar yosh xususiyatlari, ularning musiqiy tayyorgarligini hisobga olgan holda asar tanlash musiqiy ta’lim-tarbiyani muvaffaqiyatini belgilaydi.
Rejalashtirishda darsning maqsadi, vazifalari, mazmuni (musiqiy repertuari) va tuzilishi (faoliyat turlarining ketma-ketligi), vositalari, ta’lim metodlari va texnologiyalari aniqlanadi.
Zamonaviy musiqa darsini maxsus jihozlarsiz tasavvur etish qiyin. Musiqa xonasining estetik bezatilishi turlicha bo’lishi mumkin, ammo u san’at darsi muhitini yuzaga keltirishi lozim. Darsga turli cholg’ular, audio va video texnikalari, bolalar cholg’ulari, kompozitorlar portretlari, fonoxrestomatiyalar, rangtasvir asarlari reproduktsiyalari nota jadvallari talab etiladi. Bu vositalar o’quvchilarga turli musiqiy asarlarni bir necha ijroda ko’rsatish, ularning musiqa cholg’ulari tembr xususiyatlarini o’rganishlarida, musiqa asarlarini to’laqonli idrok etishlarida, ularda ijrochilik va ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirishda (o’quvchilar ijrosi va musiqiy ijodkorlik elementlarini magnitofonga yozish va eshittirish), katta imkoniyat hosil qiladi.
Shunday qilib, darsga tayyorgarlik ko’rish, uni o’tkazish musiqa o’qituvchisidan ijodiy yondoshuv, kasbiy bilim, tajriba va mahorat talab etadi.

Download 47.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling