Ilovalar
2-sinf uchun 1-soatlik noananaviy dars ishlanma.
MAVZU : «KUY NIMA? KUYDA NIMALAR IFODALANADI?»
Darsning mavzusi: «Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?»
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni mustaqil fikrlash, erkin so‘zlash, o‘zining mehnati bilan ko‘proq natijaga erishishga o‘rgatish.
Darsni jihozlash: Reja-konspekt, 2-sinf uchun darslik, rasmlar, tarqatma kartochkalar, test savollari.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman.
O‘quvchilarga bugungi darsimiz noan’anaviy tarzda, o‘yin shaklida o‘tilishini tanishtirib o‘taman. Buning uchun turli xil rasmli kartochkalar yordamida sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘lib, maxsus tayyorlangan partalar atrofiga o‘tkazaman. Uch guruhni gullar tasvirlangan kartochkalar yordamida nomlayman.
I guruh: «Rayhon» guruhi.
II guruh: «Lola» guruhi.
III guruh: «Binafsha» guruhi.
Har bir guruhda (7-8 tadan o‘quvchi bo‘lishi mumkin).
O‘quvchilarga o‘yin shartlari va mezonlari tushuntiriladi. Har bir guruh belgilangan vaqtda, berilgan topshiriqni shoshmasdan o‘ylab ko‘rib, fikrlab, hamjihat bo‘lib savollarga javob berishi kerakligini eslatib o‘taman. Javoblar quyidagicha baholanadi:
5 ball – qizil kartochka (to‘g‘ri, to‘liq, tez javob uchun).
4 ball – yashil kartochka (to‘g‘ri lekin to‘liq emas).
3 ball – oq kartochka (javobda kamchiligi bor).
O‘yinimiz uch shartdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib 1-shart bilan tanishtiraman.
Aqliy hujum texnologiyasi: fikriy bog‘liqlik, xotira, mantiqni shakllantirish uchun.
Uch guruh uchun sharlar ichiga savollar solib doskaga ilib qo‘yaman (har bir guruh uchun 3 tadan savol solingan sharlar). Har bir guruhdan bittadan o‘quvchilarni navbat bilan doskaga chiqarib, sharni yorib, savolga komanda bilan muhokama qilib javob berish uchun topshiriq beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |