I bob. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I
Download 47.21 Kb.
|
Azimaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Musiqa madaniyati darslarining boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. II.1
Mavzu: “O’rta maktablarda musiqa fanini o’qitishda boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi” Mundarija: Kirish: I.BOB. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I.1.Musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I.2.Musiqa madaniyati darslarining vazifalari. II.BOB. Musiqa madaniyati darslarining boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. II.1.Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va adabiyot fani bilan uzviy bog’liqligi. II.2.Musiqa darsining ahamiyati Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar KIRISH
“...ulug’ maqsadlar yo’lida barchamiz belimizni mahkam bog’lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, bilim va tajribamizni, jonajon vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak ...” SH. Mirziyoev O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo’nalislari bo’yicha Harakatlar strategiyasining to’rtinchi bosqichi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Milliy tarbiya barcha tarbiyaning asosidir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan eng avvalo ta’lim tizimini isloh qilish, uni milliy-ma’naviy qadriyatlar negizida shakllantirish, jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol insonlarni tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratildi. Iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni ijodiy kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifalarimizdan biri bo’lishi kerak. Sh.Mirziyoev. “Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir”. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov “Tarbiyachi – ustoz, yosh avlodni aql – idrokini o’stirish, barkamol yetuk inson etib yetishtirish uchun eng avvalo, o’zi shu talablarga javob berishi va shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak” – degan edi. Darxaqiqat o’qituvchilik kasbida bilimdonlik, zukkolik shu kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Shuning uchun ham, barcha kasblar ichida o’qituvchilik kasbi sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Estetik tarbiya muammolariga doimiy va jiddiy e’tibor, insonni qurshab olgan borliqdagi go’zallikka, yoshlarni adabiyot va san’at olamiga yaqinlashtirish maktab hamda barkamol shaxsni tarbiyalash tizimining o’ziga xos qat’iy xususiyatlaridan biridir. Musiqa darslari, to’garaklar, havaskorlik ijodiyoti, bahs va munozaraalr, san’atni o’rganish darslari va hakozolar maktab hayotiga jo’shqinlik baxsh etadi, o’quvchilarning diqqat – e’tiborini estetik jihatdan mustaqil bilim olish va o’z – o’zini tarbiyalash masalalariga jalb qiladi. Musiqaviy estetik tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog’liq holda qoraladi. Musiqiaviy estetik tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san’at va atrof – muhitdagi go’zal narsalarga muhabbat tuyg’usini hamda o’z his tuyg’ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirirish katta rol o’ynaydi. Musiqadagi go’zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab qiladi. Musiqa ijodida va idrokida intelektual asosni qaror toptirishdan hech qachon vos kechmaslik kerak. Musiqani tinglar ekanmiz, u yoki bu holatlarni his etib boshdan kechiribgina qolmasdan balki idrok qilmayotgan materialni farqlaymiz, binobarin, fikr yuritamiz. Estetik idrokni, estetik didlarni tarbiyalash, badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Hozirgi zamon maktabida musiqaviy tarbiya tizimi ko’pgina elementlardan tashkil topadi, bular: musiqa darsi, musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari ish olib borish, xor studiyalari va badiiy havaskorlik to’garaklari, vokal va cholg’u ansambllari va hokazo. Bu zanjirda ommaviy axborot vositalari juda katta rol o’ynaydi. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vositalarning jami musiqaviy – estetik muhitni tashkil etadiki, bu muhitda o’quvchilarning musiqa sohasidagi qiziqish va ehtiyojlari bunyod bo’ladi. Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoyev, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, xalqimizni hayotdan rozi qilish eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab o’tdilar: “... bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir... Tanqidiy tahlil, qatoiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - ... ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak”, - deya ta’kidladilar1 Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev Miromonovich ham kelajagimiz yoshlarini ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha beshta muhim tashabbus bilan chiqdilar. Download 47.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling