17. Gidra tanasidagi yirik yadroli mayda hujayrani aniqlang.
A)teri-muskul B)otiluvchi C)nerv
D)entoderma E)oraliq
18. Gidra tanasidagi qaysi hujayralar sodda hayvonlarga o’xshaydi?
1)teri-muskul; 2)ovqat hazm qilish; 3)otiluvchi; 4)oraliq; 5)nerv; 6)tuxum; 7)urug’
A)1,2,7 B)2,5,4 C)4,6,1
D)2,3,6 E)2,6,7
19. Nursimon simmetriya qanday hayot kechiradigan hayvonlar uchun xos?
A)aktiv B)o’troq C)parazit
D)sudralib E)qon so’rib
20. Tanasi liqildoq moddadan iborat, shakli soyabonga o’xshash hayvonlar guruhini toping.
A)gidralar B)poliplar C)meduzalar
D)aktiniyalar E)mollyuskalar
21. Gidra tanasidagi suv va zararli mahsulotlar nima yordamida chiqarib yuboriladi?
A)qisqaruvchi muskul tolalari B)xivchinlar
C)oraliq hujayralar D)qisqaruvchi vakuolalar
E)xazm qilish vakuolasi
22. Regeneratsiya hodisasi yuz berganda, gidraning nerv hujayrasi qaysi hujayra hisobiga hosil bo’ladi?
A)tuxum B)teri-muskul
C)otiluvchi D)ovqat hazm qilish E)oraliq
Do'stlaringiz bilan baham: |