Ijtimoiy fanlar


O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari


Download 286.3 Kb.
bet29/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

3.O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari.
Axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo‘yayotgan kishi uchun rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni echishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo‘limda unga asosiy e’tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda
Falsafa qonunlaritabiat va jamiyatda insonningsh ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudbo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonunimarkaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.)., ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning echilishi).

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling