Reja: Dialektik ziddiyat qonuni
Download 69 Kb.
|
dialektikaning qonunlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .
- Stixiyali dialektika
DIALEKTIKANING QONUNLARI reja: Dialektik ziddiyat qonuni. Qonun va qonuniyat tushunchasi. Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Axborot sivilizatsiyasi davrida dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e'tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo‘limda unga asosiy e'tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san'ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Stixiyali dialektika. Qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o‘zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu dalilning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo‘lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda zamon o‘tishi bilan hamma narsa o‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekin o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: ho‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasi dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblanadi. Stixiyali dialektika borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab yetishga asoslanmagan sodda dialektikadir. O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling