Ijtimoiy fanlar


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi


Download 286.3 Kb.
bet33/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) –borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.
Yakkalik– faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. YAkkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi.
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin. YAkkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo‘lgan abstraksiya bo‘lib qoladi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir.
Xususiylik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Xususiylik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to‘plamiga ega. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi oraliq kategoriya hisoblanadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling