Ijtimoiy fanlar


Tarixfalsafasi.Tarixiytaraqqiyotmezonlari


Download 286.3 Kb.
bet36/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

3.Tarixfalsafasi.Tarixiytaraqqiyotmezonlari.
4.Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlar va baholash strukturasi.
Jamiyat arabcha “jama’a” so‘zidan olingan bo‘lib “umumiy” degan ma’noni ifodalaydi. Bugungi kundagi mamlakatimizda amalga oshayotgan isloxotlar xam inson manfaatiga karatilgandir. Jamiyatda xam xulk normalari avloddan-avlodga utadi. Xulk normalarining bunday vorisligi antropologiya va etnografiya fanlarida madaniyat deb ataladi.Madaniyat fakatgina jamiyatga xos bulib , xulkning shakllanishida xal kiluvchi rolni uynaydi. Kishilik jamiyati biologik tur talabi natijasida emas , umumiy madaniyat asosida turmush kechiradi.Madaniyat kishilik jamiyatini xayvonot dunyosidan ajratib turadigan eng muxim belgilardan biridir. Qadimiy yunon faylasufi Aristotel jamiyatni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni ishlab chiqqan va “metafizika” deb nomlagan. Bu fanlar orasida siyosatga alohida o‘rin bergan. Uning fikricha, jamiyat syosiy mavjudotlardan tashkil topgan. Amir Temurning “Temur tuzuk”larida jamiyat, uning iqtisodiy, siyosiy hayoti, jamiyat hayotini tashkil etish to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Hozirda jamiyat muammosi ijtimoiy-gumanitar fanlar: tarix, iqtisodiyot nazariyasi, ma’naviyat asoslari, xuquqshunoslik, siyosatshunoslik kabilar tomonidan o‘rganilmoqda.
Sivilizatsiya. Sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolik, davlatga doir) atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. Sivilizatsiya tushunchasini ilk bor XVI asrda fransuz mutafakkiri M.Monten ishlatadi. U o‘z asarida mulohaza va adolatga asoslangan jamiyatni shunday nomlaydi5. Oradan ikki asr o‘tib, XVIII asrda fransuz ma’rifatparvarlari asos solgan progress nazariyasida aqlga muvofiq barpo etilgan ideal jamiyat sari taraqqiyot «sivilizatsiya», deb atala boshlandi. Fransiyadagi Restavratsiya davrida F. Gizoning sivilizatsiya haqidagi qarashlari alohida e’ti-borga sazovor bo‘ldi. Uning fikricha, sivilizatsiya - ikki elementning – ijtimoiy va intellektual taraqqiyot darajalari birligini xarakterlovchi tushunchadir.1
XIX asrda ushbu tushuncha kishilik jamiyati taraqqiyotining bosqich-larini ifodalash uchun ishlatila boshlandi. L. Morgan,2 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida L. Morgan va F. Engels fikrlari mutafakkirlar tomonidan turlicha rivojlantirildi. Bunga sivilizatsiya haqidagi paradigmalarning o‘zgarishi zamin hozirladi. (Paradigmalarning o‘zgarishi deganda biz mualliflar tomonidan ilgari surilgan nazariyalar va konsepsiyalarning oddiy almashinuvini emas, tadqiqot ob’ektiga (ya’ni sivilizatsiyaga) bo‘lgan yondashuvning, munosabatning almashinuvini nazarda tutmoqdamiz). Gap shundaki, XIX asr oxiriga qadar sivilizatsiya haqidagi evolyusionistik paradigma hukm surgan. Unga ko‘ra, insoniyat tarixi va madaniy taraqqiyoti yaxlit xarakterga ega.3 Mazkur paradigmaning asosiy g‘oyalariga tayanib mulohaza yuritgan K. YAspers va uning tarafdorlari inso-niyatning yovvoyilik va varvarlikdan keyingi davrdagi yaxlit progressiv taraqqiyotini sivilizatsiya sifatida talqin etadilar. Uning fikriga ko‘ra, lokal sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqadorlik bosqichida ekumenik sivilizatsiya vujudga keladi. Umumjahon tarixining realligi insoniyatning ma’naviy yaxlitligi bilan shartlanadi. Karl YAspers o‘zining «Tarixiy taraqqiyot ibtidosi va maqsadi» asarida insoniyat taraqqiyotini to‘rt bosqichga bo‘ladi: tarixgacha bo‘lgan davr, buyuk tarixiy-qadimiy madaniyatlar (lokal tarixlar) davri, umumjahon tarixining boshlanishi davri va texnika (yaxlit jahon tarixiga o‘tilishi) davri. Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, K. YAspers sivilizatsiyani insoniyat bosib o‘tgan tarixiy madaniyat bilan bog‘laydi.4

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling