Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Raqobatning asosiy shakllari va turlari


Download 60.53 Kb.
bet5/6
Sana26.10.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1723529
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulazizova Yorqinoy raqobat tahrir

4. Raqobatning asosiy shakllari va turlari.
Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Tartibga solish vazifasi;
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. Innovatsion vazifa;
4. Moslashtirish vazifasi;
5. Taqsimlash vazifasi;
6. Nazorat qilish vazifasi.
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:
1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;
2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа. Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlari mavjuddir:
1) monopllashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o’rtasidagi raqobat.
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga bo’linadi:
1. Tarmoq ichidagi raqobat
2. Tarmoqlararo raqobat.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo’layroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lganligi sababli, shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil bo’lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko’p bo’lsa, kapital shu tarmoqda ko’chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq mahsulotlariga talab ko’payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga intilishini ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga “baravarlashtiradi”.
Raqobat motivatsiyani oshirishi, koʻproq harakat qilish va yaxshi ishlashga olib kelishi mumkin. Ular shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida katta xavf-xatarli xatti-harakatlarga hissa qoʻshishi va axloqsiz xatti-harakatlarga moyilligini oshirishi mumkin.
Jeyms Mark Bolduin 1902-yilda oʻzining “Falsafa va psixologiya lugʻati” da raqobatning uchta asosiy turini aniqlagan.

Shu bilan bir qatorda, Kilduff va uning hamkasblari 2010-yilda oʻzlarining sharhlarida raqobatni uch turga (individual, guruh va tashkilot) ga boʻlgan va raqobatni „sub’ektiv raqobat munosabatlari“ sifatida ajratib koʻrsatishgan, bu albatta „psixologik ishtirokning kuchayishi va sezilarli ulushlar“ ni talab qiladi. Koʻproq zamonaviy tadqiqotlar raqobatni oʻrnatish uchun zarur boʻlgan oʻxshashlik, yaqinlik va tarixni aniqlaydi, boshqalari esa shafqatsizlik bilan raqib munosabatlarini mustahkamlash uchun raqobat tarixiga boʻlgan ehtiyojni kamaytirishi mumkinligini taxmin qilishdi.

XULOSA
Funksional yondashuvga muvofiq, tadqiqot predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro raqobatlashuvi natijasida iqtisodiyot yoki muayyan bozorning erishgan samarasi (mamlakat iqtisodyotining o‘sishi, iqtisodiy nochor va samarasiz korxonalardan ―tozalash, tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, innovasiyalarni yaratish va joriy etish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish va boshqalar) hisoblanadi.
Funksional yondashuvga ko‘ra raqobat bozorning tartibga solish, motivasiya, taqsimot va nazorat kabi iqtisodiy funksiyalarini amalga oshiruvchi mexanizmidir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati quyidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi:
Tartibga solish funksiyasi. Kurashda yutib chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar iste‘molchi afzal ko‘radigan mahsulot ishlab chiqarishi zarur. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish omillari va narxeng ko‘p talab etiladigan tarmoqlarga qarab yo‘naltiriladi.
Motivasiya funksiyasi. Tadbirkorlar uchun raqobat bir vaqtning o‘zida xavfxatar va imkoniyatdir. Ya‘ni tadbirkor sifatli mahsulotni eng kam xarajatlar hisobiga taklif etadi va daromad ko‘rinishdagi imkoniyatga ega bo‘ladi va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi.
Tadbiror mijozlar talabini e‘tiborga olmaydi yoki raqobat qoidalarini buzadi. Natijada u zarar ko‘radi yoki davlat tomonidan ma‘lum cheklovlar va jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Taqsimot funksiyasi. Raqobat samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilar daromadini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini amalga oshiradi.
Nazorat funksiyasi. Raqobat har bir bozor ishtirokchilarining kuchini cheklaydi va nazorat qilib turadi. Misol uchun monopolist narxni belgilashi mumkin. Ammo raqobat iste‘molchiga bir necha sotuvchilarning mahsulotini sotib olishni taklif etadi. Raqobat qanchalik mukammal bo‘lsa narx shunchalik adolatli o‘rnatiladi.

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling