Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
ichidagi mavzularning aloqasini ham ifodalasa bo‘ladi. Shuni eslatish lozimki, bu me-
todda o‘rganilayotgan hodisani sifatli pedagogik tahlil qilishni asosiylar qatorida qoldir-
gan holda matematikadan har taraflama foydalaniladi. 
O‘quvchilar ijodkorligini o‘rganish metodi –
 tajribali o‘qituvchiga turli o‘quv pred-
metlardan uyga vazifa, sinf (yoki auditoriya) ishi, sinfdan tashqari ishlar, insholar, refe-
ratlar, hisobotlar, estetik va texnik ijodkorlik natijalari bo‘yicha ko‘pgina narsalar berishi 
mumkin. O‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, havaslari va qiziqishlari, o‘qishga, ish-
ga va o‘zlarining majburiyatlariga munosabatlari, tirishqoqliklarini rivojlanish darajasi, 
quntlari va boshqa sifatlari, faoliyatni motivlari kabi ta’lim va tarbiyaviy aspektlaridagi 
tajribalarda o‘qituvchi va tadqiqotchilar ushbu metodni muvaffaqiyatli foydalanishlari 
mumkin. 
Suhbatlarda, munozaralarda, muloqotlarda odamlarning munosabatlari, ular-
ning  sezishlari  va  mo‘ljallari,  baholari  va  holatlari  aniqlanadi.  Sanalgan  barcha 
an’anaviy  tadqiqot  metodlari  zarur  joylarda  bir-birlarini  to‘ldiradilar  va  ko‘pincha 
pedagogik tadqiqot mobaynida ulardan majmuaviy foydalanish maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogik tadqiqot metodlaridan biri – pedagogik eksperiment (tajri-
ba­sinov)dir. 
Hozirgi zamon pedagogik muhitida ko‘proq test sinovi metodi keng ommalashgan. 
Pedagogik test sinovini o‘tkazish biror maqsadga yo‘naltirilgan, barcha tekshiriluvchi-
lar uchun bir xil bo‘lgan va qat’iy nazorat sharoitlarida o‘tkaziladigan, pedagogik jara-
yonning  xarakteristikalarini  haqqoniyligi,  soddaligi,  osonligi,  avtomatlash  mumkinligi 
bilan farq qiladi. 
Eksperiment  so‘zi  –  lot..  experimentum  –  sinash,  tajriba,  tekshirish  kabi 
ma’nolarga  ega.  Eksperiment  –  bu  mohiyatan  qat’iy  nazorat  qilinadigan  pedagogik 
kuzatishdir. Bunda tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga va qat’iy reja asosida 
amalga oshiradigan va kuzatish natijalarini o‘lchaydigan tekshirishdir. 
“Pedagogik eksperiment” tushunchasi metodist-olimlar tomonidan turlicha talqin 
qilinib kelinadi. Ba’zi metodist-olimlarning “pedagogik eksperiment”ga bergan tariflar-
dan namunalar keltiramiz. 
Pedagogik eksperiment – pedagogik hodisalar, dalillar, tajribalar tadqiq qilinadi-
gan bilish metodidir (M.N. Skatkin).
Pedagogik eksperiment – bu avvaldan ishlab chiqilgan nazariy taxmin yoki faraz-
larni tekshirish va asoslash maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik faoliyatini 
maxsus tashkil etishdir (I.F. Xarlamov).
Pedagogik eksperiment – bu aniq hisobga olinadigan sharoitlarda pedagogik jara-
yonni o‘zgartirish uchun ilmiy qo‘yilgan tajribadan iborat (I.P. Podlasiy).
Pedagogik eksperiment – bu tadqiqotchining qonuniyat ochish va mavjud ama-
liyotni  o‘zgartirish  maqsadida o‘rganilayotgan  pedagogik  hodisaga  faol  qo‘shilishidir 
(Yu.Z. kushner).
Yuqorida keltirilgan barcha “Pedagogik eksperiment” tushunchasining ta’riflari fik-
rimizcha,  mavjud  bo‘lishga  haqli,  chunki  ularda  pedagogik  eksperiment  –  bu  yangi 
pedagogik bilimni ochishga, avvaldan ishlab chiqilgan ilmiy holatlarni, farazlarni tek-
shirish va asoslashga qaratilgan ilmiy asoslangan va yaxshi o‘ylangan pedagogik jara-
yonni tashkil etishga qaratilgandir. 
Odatda, metodist-olimlar eksperiment yo‘li bilan, masalan, amaliyotga o‘quv-tarbi-
ya faoliyatining yangi usul, uslub, shakl, tizimlariga yo‘l ochadilar.


55
Pedagogik  eksperiment  o‘quvchilar  guruhini,  sinfni,  guruhni,  ta’lim  muassasa-
sini  yoki  bir  necha  ta’lim  muassasasini  qamrab  olishi  mumkin.  qo‘yilgan  mavzu  va 
maqsad ga ko‘ra tadqiqot uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Pedagogik 
eksperiment  ko‘pincha  ta’limda  va  tarbiyada  paydo  bo‘lgan  yoki  oldindan  qo‘yilgan 
farazni tekshirish uchun o‘tkaziladi. 
Eksperimental  xulosalarning  ishonchliligi  eksperiment  sharoitlariga  qat’iy  rioya 
etishga bevosita bog‘liq. Tekshirilayotganlardan tashqari barcha omillar hijjalab teng-
lashtirilishi kerak. Agar, masalan, tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan yangi usul sa-
maradorligi tekshirilayotgan bo‘lsa, u holda tekshirilayotgan usuldan tashqari o‘qitish 
sharoitlari eksperiment guruhida ham, nazorat guruhida ham bir xil, ya’ni teng bo‘lishi 
ta’minlanishi kerak. 
Pedagog-olimlar  tomonidan  o‘tkaziladigan  eksperimentlar  turli-tumandir.  Ularni 
turli belgilari – yo‘nalganligi, tadqiqot obyekti, o‘tkazish joyi va muddati va sh.k.larga 
ko‘ra sinflarga ajratiladi. 
Pedagogik  eksperimentlar  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Eksperiment  mo‘ljallangan 
maqsadiga ko‘ra:
1)
 Ta’kidlovchi – eksperiment mobaynida ta’lim amaliyotida qaralayotgan muam-
moning holatini tahlil va tashxis etish uchun qo‘llaniladi; uning naijalari keyingi tadqiqot 
uchun dastlabki ma’lumotlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bunda, hayotda real mav-
jud pedagogik nazariya va amaliyot masalalari o‘rganiladi. Bu eksperiment o‘rganila-
yotgan muammoning ijobiy ham, salbiy tomonini ham aniqlash maqsadida tadqiqot 
boshida o‘tkaziladi; 
2) Izlovchi yoki aniqlovchi – eksperiment yangi omilni kiritish bilan yangilik kiritil-
gan maqbul mazmun, metodlar, texnologiyalar, sharoitlar, usullar, shakllar, vositalarni 
kuzatish  maqsadida  (to‘g‘rilash  uchun)  o‘tkaziladi.  Bunda  muammoni  o‘ylab  ko‘rish 
jarayonida yaratilgan faraz tekshiriladi
3) Shakllantiruvchi (yoki o‘zgartiruvchi) – eksperiment pedagogik yangilik kiritil-
ganlarni aprobatsiyasi va uni tadqiq qilinayotgan parametrga ta’sirini baholash uchun 
foydalaniladi. Eksperimentning ushbu bosqichida yangi pedagogik texnologiyalar tu-
ziladi (masalan, ta’lim va tarbiyaning yangi mazmuni, shakli, metodlari kiritiladi, inno-
vatsion dasturlar, o‘quv rejalar va boshqalar joriy etiladi). Agar natijalar samarali bo‘lib, 
faraz tasdiqlansa, u holda olingan ma’lumotlar ilmiy-nazariy tahlil qilinadi va zarur xu-
losalar chiqariladi
4)  Nazorat  (yoki  sinaluvchi)  –  bu  aniq  muammo  tadqiqotining  yakunlanuvchi 
bosqichidir.  U  olingan  xulosalarni  tekshirish  va  tadqiqot  natijalarini  umumlashtirish 
uchun qo‘llaniladi. Uning maqsadi, birinchidan, olingan xulosalar va ishlab chiqilgan 
metodikani ommaviy pedagogik amaliyotida tekshirib ko‘rish; ikkinchidan, metodikani 
boshqa o‘quv yurtlari va pedagoglarning ishlarida aprobatsiya qilish; agar nazorat eks-
perimenti chiqarilgan xulosalarni tasdiqlasa, tadqiqotchi olingan natijalarni pedagogi-
kaning munosib nazariy va metodik mulki kabi umumlashtiradi.
Ba’zi pedagogik eksperimentlar mobaynida tadqiqot natijalarini ommaviy o‘qitish 
va tarbiyalashga joriy qilinishi uchun o‘qitish eksperimentidan ham foydalanilishi mum-
kin. 
ko‘pincha eksperimentning ajratilgan ko‘rinishlari majmuaviy ravishda qo‘llanilib, 
tadqiqotning bir butun o‘zaro bog‘langan, tizimli modelini tashkil etadi.
Pedagogik tadqiqotlar metodikasida alohida o‘rinni tabiiy va laboratoriya eksperi-
menti egallaydi. 


56

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling