Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
xizmat qildi, chunki pedagogik eksperiment – pedagogika, ta’lim va tarbiya nazariyasi 
hamda metodikasi, kasbiy ta’lim nazariyasi va metodikasi sohasidagi ko‘pchilik ilmiy 
pedagogik tadqiqotlarning ajralmas bosqichidir. 
Pedagogik eksperiment pedagogik yangiliklarni baholash va/yoki samaradorligini 
taqqoslash maqsadida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonni tashkil etishga na-
zariy asoslangan o‘zgarishlarni kiritishni, shuningdek, turli ta’lim komponentlari va pe-
dagogik hodisalar orasidagi, pedagogik ta’sir omillari, sharoitlari va natijalari orasidagi 
aloqalar tabiatini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik eksperimentning tayanch bosqichi bo‘lib, uning dasturini, ya’ni disser-
tatsiya mavzusi bo‘yicha pedagogik eksperimentning mohiyati va mantig‘ini aks etti-
ruvchi hujjatni yaratish bilan tugashi maqsadga muvofiq bo‘lgan rejalashtirishdir. 
Ekspert tomonidan pedagogik eksperimentning dasturini tahlil qilish va baholash 
uni o‘tkazishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi. 
Pedagogik  eksperimentni  rejalashtirishning  birinchi  bosqichi  uning  maqsadi  va 
vazifalarini ifodalashdan iborat. Shuni esda tutish lozimki, ular butun tadqiqotni emas, 
balki bevosita pedagogik eksperimentning metodologik tabiatini akslantiradi.
Pedagogik eksperimentning maqsadi odatda ishlab chiqarish, aprobatsiya qilish 
va ishlab chiqilgan metodik sistema, metodika, texnologiya va sh.k.larni samarador 
(natijaviy)ligini baholash bilan bog‘liq. Pedagogik eksperimentning maqsadi uning va-
zifalarida ochiladi. 
Xulosa qilib aytganda, olib borilayotgan tadqiqotlar maqsadi – talabalarning didak-
tik tushunchalarni o‘zlashtirish sifatini ko‘tarishni ta’minlaydigan mustaqil ishlarini tash-
kil etish metodikasini nazariy asoslash va metodikasini ishlab chiqishdan iborat bo‘lsa, 
u holda pedagogik eksperimentning maqsadi
 – talabalarning didaktik tushunchalarini 
egallash bo‘yicha ishlab chiqilgan mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini, ularni 
o‘zlashtirish sifatiga ta’sirini baholashdan iborat bo‘ladi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling