Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ilmiy va metodik qo’llanmalarni yaratilishi
Download 133.52 Kb.
|
Inklyuziv talimni hammasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32Integratsion ta’lim va ijtimoiy realibilitatsiya
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ilmiy va metodik qo’llanmalarni yaratilishi
Rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda) faoliyat ko‘rsatayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini ikki oy muddatda o‘rgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatining muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 32Integratsion ta’lim va ijtimoiy realibilitatsiya Ijtimoiy reabilitatsiya - insonning ijtimoiy mu xit da faoliyat yuritish kobiliyatini tiklashga karatilgan jarayon - texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga karatilgan chora- tadbirlar majmuasini ilgari suradi. Bolaning jamiyatda ijtimoiy moslashuviga, uning ijtimoiy maqomini qayta tiklashga, yo`qotilgan munosabatlarni qayta tiklashga karatilgan faoliyat turi bo`lib, insonning ijtimoiy muxitda faoliyat yuritish kobiliyatini tiklashga karatilgan chora-tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining zimmalariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. Oldingi tahrirga qarang. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son) Oldingi tahrirga qarang. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son) 6. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika markazini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida bino ajratilishini, shuningdek, u zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlanishini ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 7. Belgilab qo‘yilsinki, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlar (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) davlat-xususiy sherikligi usullaridan keng foydalanishi, shu jumladan Markazlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat notijorat va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarni jalb qilishlari mumkin. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son) Oldingi tahrirga qarang. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 133.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling